TOShKENT, 29 mar — Sputnik. O‘zbekistondagi Afg‘oniston Islom Respublikasi elchixonasi xabariga ko‘ra, Afg‘onistonga "Xayraton" chegara punkti orqali kiradigan barcha yengil va yuk avtomobillari ushbu mamlakatning Toshkentdagi Konsullik bo‘limidan tegishli ruxsatnomani olishi kerak bo‘ladi, deb xabar qildi zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi matbuot-xizmati.
Ta’kidlanishicha, Afg‘onistonga ruxsatnomasiz kirgan transport vositalari mamkalakatning tegishli organlari uchun qiyinchilik tug‘dirishmoqda.
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi O‘zbekiston xalqaro tashuvchilaridan ushbu ma’lumotni e’tiborga olishni so‘ragan.