O‘zbek-qirg‘iz chegarasida 6,2 mlrd so‘mlik kontrabanda oldi olindi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovQirg‘iziston chegarasida nazorat-o‘tkazuv punkti
Qirg‘iziston chegarasida nazorat-o‘tkazuv punkti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tovarlarni kontrabanda yo‘li bilan olib kirishga urinish holatlari, asosan o‘zbek-qirg‘iz chegarasi orqali amalga oshirilmoqda. Chegaraning ushbu qismiga qo‘lga olingan kontrabanda mollarining 90 %dan ko‘pi to‘g‘ri kelmoqda.

TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Tovarlarni kontrabanda yo‘li bilan olib kirishga urinish holatlari, asosan o‘zbek-qirg‘iz chegarasi orqali amalga oshirilmoqda. Chegaraning ushbu qismiga qo‘lga olingan kontrabanda mollarining 90 %dan ko‘pi to‘g‘ri kelmoqda, huquqni saqlash organlari vakili xabari asosida.

Chegara va Bojxona xizmatlari Farg‘ona viloyati nazorat-o‘tkazuv punktlari va aylanib o‘tish yo‘llarida 2015-yilda 1400-marta tovarlarni kontrabanda yo‘li bilan olib kirishga urinish holatiga duch kelishdi. Musodara qilingon tovarlarning umumiy qiymati 6,2 milliard so‘mdan oshdi.

“Kontrabandachilar Qirg‘izistonning Batken viloyatidan O‘zbekistonning Farg‘ina viloyatiga 1200-marta turli tovarlar olib kirishga urinishgan. Ushbu tovarlarning umumiy qiymati 5 milliard so‘mdan ko‘pni tashkil qildi”, — dedi huquqni saqlash organlaridagi manbaa.

Uning so‘zlariga qaraganda musodara qilingan tovarlarning asosiy qismi maishiy texnika va kiyim-boshga to‘g‘ri keladi. Ularning ko‘pida ishlab chiqargan zavodning markiriovkasi yo‘q. O‘zbekistondan olib chiqishga harakat qilinayotgan tovarlar esa – qishloq xujalik mahsulotlari va mineral o‘g‘itlarni tashkil qilmoqda.

Bugungi kunda barcha konunbuzarlik faktlari bo‘yicha ma’muriy javobgarlik haqida hujjatlar rasmiylashtirilgan. Ba’zi hujjatlar jinoiy ishlar doirasida sudga topshirilgan. Qo‘lga olingan tovarlar davlat foydasiga musodara qilingan.

Yangiliklar lentasi
0