Yosh o‘zbek musiqachisi Rim papasini ham hayratda qoldirdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishAvliyo Potr maydoni
Avliyo Potr maydoni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Izzatilla Toshkenboyev Italiyada bo‘lib o‘tgan xalqaro musiqa tanlovining "Milliy kuylar" yo‘nalishidagi bosh mukofotini qo‘lga kiritdi

TOShKENT, 7 okt – Sputnik. O‘zbekistonda mustaqillik yillarida yosh avlodga bo‘lgan e’tibor natijasida iste’dodli o‘zbek yoshlari nufuzli tanlovlarda g‘olib bo‘lmoqdalar, deb yozadi "Jahon" AA.

Ana shunday yoshlardan biri Izzatilla Toshkenboyev Italiyada bo‘lib o‘tgan XIII "Chitta di Pezaro" xalqaro musiqa tanlovining "Milliy kuylar" yo‘nalishidagi bosh mukofotini qo‘lga kiritdi.

Samarqandlik sakkiz yashar musiqachi Ispaniyadagi tanlovda g‘olib bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
Bulung‘urlik 8 yashar Isfandiyor Ispaniyadagi musiqa tanlovida g‘olib bo‘ldi

U shuningdek, Joakkino Rossini nomli xalqaro musiqa festivalida ham yuksak e’tirofga erishdi. Uning milliy chang musiqa asbobida "Sevilyalik sartarosh" operasidan uvertura va o‘zbek hamda klassik musiqachilarning ijodlaridan namunalar ijro etishi gulduros qarsaklarga sabab bo‘ldi. Yosh iste’dod egasi “kelajak musiqachisi” nominatsiyasida musiqa olamining nufuzli mukofotlaridan biri “Shisha yurak” mukofotiga sazovor bo‘lgan o‘zbekistonlik birinchi sozanda bo‘ldi.

Izzatilla Toshkenboyevning bu yutuqlari uning Vatikandagi Avliyo Potr maydonida Rai teleradiokompaniyasi tomonidan tashkil etilgan xalqaro san’at va musiqa festivalida yuz minglab tomoshabinlar oldida chiqish qilishiga sababchi bo‘ldi.

Yosh sozandaning changni mahorat bilan chalishi Vatikan rahbari Fransisk Ini ham lol qoldirdi va u o‘zbekistonlik iste’dod bilan shaxsan tanishdi hamda yigitchadan sovg‘a tariqasida o‘zbek do‘ppisini oldi.

Yangiliklar lentasi
0