Chet ellik firibgarlar Markaziy Osiyo davlatlaridagi banklarni ko‘z ostiga olishdi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishBankomat
Bankomat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bank sohasidagi firibgarlik 2010-yildan boshlab keng tarqala boshlagan. Avval bu ish bilan yakka shaxslar shug‘ullanishgan bo‘lsa, ayni vaqtda - uyushgan jinoiy to‘dalar shug‘ullanmoqda

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Bank sohasida "ish qiladigan" chet ellik firibgarlar orasida Markaziy Osiyo mamlakatlariga qiziqish tobora kuchaymoqda, deb xabar qildi jurnalistlarga IT-SAS kompaniyasining firibgarlikka qarshi kurashish amaliyoti rahbari Dmitriy Konovalov. Sputnik Qirg‘iziston xabari asosida.

Chorshanba kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida "moliya sohasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarni boshqarish va firibgarlikka qarshi kurashish" mavzusida anjuman o‘tkazildi.

Punkt obmena valyut - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 500 ming dollarga yaqin valyutani o‘zlashtirgan bankirlar jazoga tortildi
Konovalovning so‘zlariga ko‘ra, 2010-yildan buyon bank sohasida firibgarlik ishlari o‘sib kelmoqda. Agar ilgarilari bu jinoyatlar bilan yakka shaxslar shug‘ullangan bo‘lsa, ayni vaqtda yirik jinoiy to‘dalar paydo bo‘lgan.

Konovalov Qirg‘izistondagi bank sohasida o‘ziga xos poyga kuzatilayotganini ta’kidlagan.

"Mana shu poygada ko‘pincha xavfsizlikni ta’minlash masalasi inobatga olinmaydi yoki u old masalalar qatoriga kiritilmaydi. Banklarning bosh maqsadi — mijozlarni jalb qilish va foyda olish. Ma’lum bir bosqichda bu muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Yaqinda Qozog‘istonda banklarga kiberhujumlar to‘lqini uyushtirilgani kuzatildi", — dedi ekspert.

Konovalovga ko‘ra, bugun firibgarlik sarhad bilmaydi: bir mamlakatda o‘tirgan holda, boshqa davlatdan pullarni yechib olish mumkin. Jinoyatchilar ham mudragani yo‘q, ular qayerdan ko‘proq daromad olish mumkinligini kuzatib, o‘rganishadi.

Qo‘lga olingan jinoyatchi - Sputnik O‘zbekiston
Qashqadaryoda fuqarolar nomiga soxta kredit rasmiylashtirgan firibgar-bankirlar qo‘lga olindi
"Yevropaning biror bir qismida mo‘mayroq pullarni o‘marish mumkin, ammo himoya darajasi yuqoriligi tufayli bu ishni osonlikcha amalga oshirishning iloji yo‘q. Shu bois, firibgarlar bu muammoga nisbatan kompleks choralar ko‘rilmagan mintaqalarni ko‘z ostiga olmoqda. Markaziy Osiyo ular uchun juda qiziq — bu yerda banklar faol ravishda rivojlanmoqda, xavfsizlik sohasi esa hali yaxshi o‘zlashtirilmagan", — deya ta’kidlagan Konovalov.

Ekspert banklar o‘z mijozlari hisob raqamlari haqida ma’lumotlar uchinchi shaxslar qo‘liga tushmasligini nazorat qilishlari va ma’lumotlar himoyasini ta’minlash ustida ishlashlari zarurligini qo‘shimcha qilgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0