Toshkentda 500 ming dollarga yaqin valyutani o‘zlashtirgan bankirlar jazoga tortildi

© Sputnik / Mixail Mordasov / Mediabankka o‘tishPunkt obmena valyut
Punkt obmena valyut - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ular 238 dona xalqaro plastik kartaga 481908 AQSh dollarini o‘tkazishga muvaffaq bo‘lganlar

TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Toshkentning Olmazor tumanidagi banklarning birida ishlovchi xodimlar juda ko‘p miqdordagi mablag‘larni talon-toroj qilib kelgan. Bu haqda uz24.uz xabar qilmoqda.

Bankning Jismoniy shaxslarga xorijiy valyuta sotish bo‘yicha konversion operatsiyalar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Norpo‘lat Samandarov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) atrofiga shu bank mas’ullari T.Basharov va U.Rizayevlarni birlashtirib, 2015-2016 yillar mobaynida 238 nafar fuqaroning nomiga xalqaro to‘lov kartasi ochish, har biriga tushirilgan 2000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni mamlakatdan tashqariga olib chiqib ketish va naqdlashtirish ishlariga bosh-qosh bo‘lgan.

Samandarov vakolat va lavozimidan foydalanib, Basharov va Rizayevlar topgan kishilarni bankka hech qanday to‘siqlarsiz kirish va ishini muammolarsiz bitirib chiqish sharoitini ta’minlab bergan.

Ya’ni muayan to‘lov evaziga pasporti orqali xalqaro to‘lov kartasi ochishga rozi bo‘lgan shaxslar bankka murojaat qilganida jinoiy to‘da boshlig‘i o‘ylab topgan parol: "Xitoyga bormoqchi edim, shunga viza karta ochdirmoqchiman" degan gapni aytishi lozim bo‘lgan.

Amerikanskaya valyuta v konverte - Sputnik O‘zbekiston
120 ming dollar talab qilgan soliqchi 10-yilga qamaldi

Boshliqlaridan shunday murojaat bilan kelganlarning ishini hech qanday to‘siq va moneliklarsiz bitirib berish haqida topshiriq olgan bank xodimlari o‘z vazifalarini bajarishdan o‘zga choralari qolmagan. Bunda 2000 AQSh dollari olish uchun keluvchi mijozlar ism-shariflarining bosh harflari to‘da a’zolari tomonidan ijrochining telefoniga SMS orqali yetkazib berilgan.

Shu zayl N.Samandarov, T.Basharov va U.Rizayevlar 238 dona xalqaro plastik kartaga 481908 AQSh dollarini o‘tkazishga muvaffaq bo‘lganlar. To‘da a’zolari tez-tez xorijiy davlatlarga xizmat safariga borib keladigan tanishlari R.Bo‘riyev bilan o‘zaro til biriktirib olganlar. Ma’lum bo‘lishicha, Bo‘riyev savdo-sotiq bilan shug‘ullanib, ko‘plab chet davlatlarga borib turgan va shu bois xalqaro plastik kartalarni "qora bozor" narxidan biroz arzonroq qiymatda sotib olavergan.

Davlatni aldash, iqtisodiyotga ziyon keltirish, birovlar haqiga xiyonat, noqonuniy daromad orttirish harakatlari bilan shug‘ullangan to‘da a’zolariga jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Olmazor tuman sudi tomonidan tegishli jazo tayinlandi.

Yangiliklar lentasi
0