Mirziyoyev ko‘pqavatli uylarni tartibga keltirishni buyurdi

Obuna bo‘lish
ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi dasturini amalga oshirishga 1,8 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-2021 yillarda ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati xabar qilmoqda.

Rabota s bumagami - Sputnik O‘zbekiston
Uyini sotadiganlar idorama-idora hujjat to‘plab yurmaydigan bo‘ldi
Ko‘p xonadonli uy-joy fondi ta’mirlash, obodonlashtirish va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish dasturini amalga oshirish uchun 1,8 trillion sum mablag‘ yo‘naltirish ko‘zda tutilgan. Qarorda, aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash, ko‘p xonadonli uy-joy fondining uy ichidagi muhandislik kommunikatsiyalar va umumiy foydalaniladigan joylarni o‘z vaqtida va sifatli ta’mirlash, shuningdek, ko‘p xonadonli uy-joy fondiga tutash hududlarni bolalar va sport maydonchalari tashkil etgan holda, obodonlashtirishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.

Dasturni moliyalashtirish manbalari xususiy uy-joy mulkdorlarining o‘z mablag‘lari, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari kreditlari, shuningdek, lizing hisobidan amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Respublikada ilk bor uy-joy kommunal sohasiga qarashli tashkilotlarni moliyalashtirishni ta’minlash uchun "O‘zsanoatqurilishbank" aksiyadorlik tijorat banki vakolatli bank etib belgilandi. Tijorat banklariga "Ta’mirlash-tiklash xizmati" DUK va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga dasturni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan ortiq bo‘lmagan stavka bo‘yicha 5-yil muddatga imtiyozli kreditlar ajratish yuzasidan tavsiyalar berildi. Ushbu moliyaviy mexanizmni yaratish bo‘yicha davlat rahbarining topshiriqlari alohida e’tiborga sazovordir.

Batareya v podyezde jilogo doma - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev yana bir dolzarb muammoni hal etuvchi farmonga imzo chekdi
Yana bir juda muhim bo‘lgan yo‘nalish — Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tashkil etilganligidir. Ushbu vazirlik huzurida xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga shartnoma asosida buxgalterlik hisobini yuritish, konsalting xizmatlar ko‘rsatish va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlaridan majburiy badallar yig‘ish xizmatlari ko‘rsatadigan "Yagona hisob-kitob markazi" va uning shahar hamda tumanlarda, zarur hollarda, tumanlararo filiallari tashkil etildi.

Bundan tashqari, ko‘p xonadonli uy-joy fondi umumiy mulkini va unga tutash hududlarni saqlash uchun turar-joy hamda noturar joy binolar mulkdorlarining majburiy badallari eng kam miqdorini har yili tasdiqlanib, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga yetkaziladi.

Toshkent shahri - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahrida 102 ta ko‘p qavatli uylar qurilmoqda
Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati boshqaruvining raisi "Kommunalo‘quv" o‘quv-uslubiy markazi» davlat unitar korxonasida o‘qigani to‘g‘risida tegishli sertifikatga ega bo‘lgan taqdirda, tuman (shahar) uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i bilan kelishilgan holda saylanadi, shuningdek, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari a’zolarining umumiy yig‘ilishi qarori asosida tuman (shahar) uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘ining taqdimnomasiga ko‘ra lavozimidan ozod etiladi.

Mutaxassislar hisobiga ko‘ra, kelgusida ushbu dastur ijrosi ko‘p xonadonli uy-joy fondining texnik holatini tubdan yaxshilash va undan foydalanish, ta’mirlash-tiklash ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish, mahalliy ijro organlar va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining samarali ishlashiga erishiladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0