Mirziyoyev yana bir dolzarb muammoni hal etuvchi farmonga imzo chekdi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishBatareya v podyezde jilogo doma
Batareya v podyezde jilogo doma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aholiga sifatli uy-joy kommunal xizmatlari ko‘rsatishni tubdan yaxshilash, uy-joy mulkdorlari shirkatlarining barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida yangi vazirlik tuzildi

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tashkil etish haqidagi Farmoni e’lon qilindi.

Yangi vazirlik uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari bilan yaqin hamkorlik asosida ko‘p xonadonli uy-joy fondini boshqarish va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish, ko‘p xonadonli uylarni saqlash qoidalariga rioya etilishini texnik nazorat qilish bo‘yicha samarali tizimni shakllantirish, aholiga sifatli uy-joy kommunal xizmatlari ko‘rsatishni tubdan yaxshilash, shuningdek, uy-joy mulkdorlari shirkatlarining barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida tuzilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va uning tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalari va Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi hamda uning tuman (shahar) bo‘limlari tashkil etildi.

Shavkat Mirziyoyev virtual qabulxonasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tashkil etilishi mumkin

Vazirlik tarkibida Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘larini, birinchi navbatda, ko‘p xonadonli arzon uy-joy fondi, suv ta’minoti, kanalizatsiya va issiqlik ta’minoti obyektlarini qurish, kapital hamda joriy ta’mirlash, maxsus texnika va uskunalar, mashina va mexanizmlar bilan ta’minlash hamda boshqa maqsadlarga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, viloyatlar hokimliklari uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalari, Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi huzurida «Ta’mirlash-tiklash xizmati» davlat unitar korxonalari va ularning shahar va tuman filiallarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Tashkil etiladigan ushbu unitar korxonalar zimmasiga xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari yoki turar joy va noturarjoy inshootlari mulkdorlari bilan shartnoma asosida ko‘p xonadonli uy-joy fondi va unga tutash hududlardan foydalanish hamda ularni saqlash bo‘yicha tizimli ishlarni samarali tashkil qilish, ko‘p xonadonli uy-joy fondini mavsumiy foydalanishga o‘z vaqtida va sifatli tayyorlash, ko‘p xonadonli uy-joy fondini kapital va joriy ta’mirlash hamda unga tutash hududlarni obodonlashtirish vazifalari yuklatilgan.

Qonunga keltirilgan sharhda bildirilishicha, O‘zbekiston prezidentining ushbu Farmon va qarori amalga oshirilishi uy-joy kommunal xizmatining sifatini tubdan oshirish, maqbul narxlarni ta’minlash uchun uy-joy kommunal sohasini davlat tomonidan boshqarishning yagona tizimini shakllantirish maqsadida zarur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0