O‘zbekistonda Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tashkil etilishi mumkin

© SputnikShavkat Mirziyoyev virtual qabulxonasi
Shavkat Mirziyoyev virtual qabulxonasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
19 oktabr kuni bir sutka davomidagi qo‘ng‘iroqlar soni 19 mingdan ortgan

TOShKENT, 21 okt – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasiga uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha murojaatlar ko‘p tushayotganligi sababli O‘zbekistonda ushbu sohaga tegishli vazirlik tuzilishi mumkin. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning Facebookdagi rasmiy sahifasida xabar qilinmoqda.

Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasiga bo‘layotgan telefon qo‘ng‘iroqlari grafigi - Sputnik O‘zbekiston
Bosh vazir virtual qabulxonasiga bir kunda o‘n minglab qo‘ng‘iroqlar kelib tushmoqda

"Uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Virtual qabulxonasiga juda ko‘plab murojaatlar tushayotgani sababli, ushbu sohada boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligini tashkil etish bo‘yicha tegishli hujjatlar loyihalari tayyorlanmoqda", — deyiladi xabarnomada.

Ta’kidlash joizki, matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasi o‘z ishini boshlaganidan keyingi dastlabki 10 kun ichida 15 mingta murojaat kelib tushgan. Sahifadagi ma’lumotga ko‘ra, 19-oktabr kuni bir sutka davomidagi qo‘ng‘iroqlar soni 19 mingdan ortgan.

Qabulxona o‘z ishini 2016-yilning 24-sentabrida boshlagan edi.

Yangiliklar lentasi
0