O‘zbekistonda vijdonsiz "bozorkom" va uning 12 nafar hamtovog‘i qo‘lga olindi

© UZ24.UZBozor rastalari
Bozor rastalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda O‘zbekistondagi bozorlarda tijorat bilan band tadbirkorlarning aksariyati o‘z savdo joylari uchun ijara haqi to‘lab keladilar. Tadbirkorlarning aksariyati ijara haqi "osmon qadar" ekanidan noliydilar, hatto. Xalqni aldab pul qilayotgan bir "bozorkom" kirdikorlari fosh qilindi

TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudi o‘g‘irlik va kamomad uchun "Mirbozor bozori" MChJ raisi va uning qo‘l ostidagilardan iborat 12 hamtovog‘ini turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qildi, deb xabar qildi "Zarafshon" nashri.

Toshkent bozorlarida kunlik patta narxini 0,5 - 2 barvar oshirish taklif qilindi
Sudlov instansiyalaridan tushuntirishlaricha, Narpay tuman "Mirbozor bozori" mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi Ravshan Turdiyev jinoiy guruh tuzib, unga qo‘l ostidagilarni jalb etgan va noqonuniy moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish orqali davlat manfaatlariga katta miqdorda zarar yetkazgan.

Aniqlanishicha, R.Turdiyev xizmat mavqeyini suiiste’mol qilib, 400 savdo do‘koni va 2000 rastaning ijarasi haqida soxta hujjat tayyorlagan. Shu yo‘l bilan u har oyda tushgan majburiy yig‘imlarni yashirgan va katta qismini o‘zlashtirgan. Xuddi shu tarzda jinoiy guruh a’zolari kunlik to‘lovlarni yig‘ishda qonunga xilof ravishda faoliyat yuritishgan.

Alayskiy bazar otkrilsya posle masshtabnoy rekonstruksii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondagi barcha dehqon bozorlari zamonaviy majmualarga aylantiriladi
"Bozorning 2013-yildan 2015-yilgacha bo‘lgan davridagi faoliyati tekshirilganda moliyaviy hujjatlarning qalbakilashtirilgani va 1 milliard 521 million so‘m o‘g‘irlangani aniqlandi. R.Turdiyev boshchiligida uyushgan jinoiy guruh a’zolari tomonidan 787 million so‘mdan ziyod soliq yig‘imlari qasddan yashirib qolingan. Bundan tashqari, bozor ma’muriyati mahalliy hokimiyat organlarining ruxsat beruvchi hujjatlarisiz avtomobillar to‘xtash joyi tashkil qilib, foydalanganlar. Undan tushgan noqonuniy tushumlar 142 million so‘mni tashkil qildi", – deya ta’kidladi sud vakili.

Sud hukm chiqarishda uyushgan jinoiy guruh a’zolari tomonidan yetkazilgan zarar qisman qoplanganini hisobga oldi. R.Turdiyev va uning 12 sherigi turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi va davlatga yetkazilgan 1,46 milliard so‘mdan ziyod zararni qoplaydigan bo‘ldilar.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0