TOShKENT, 24 apr – Sputnik. O‘zbekistonda mayda pul muammosi borligini ko‘pchilik yaxshi biladi. Facebookdagi "Potrebitel.uz" guruhi foydalanuvchilaridan biri qoldirgan xabar ayni damda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
“Konfet va gugurt ko‘rinishidagi “milliy valyuta” jonga tegdi, unga hech narsa sotib olib bo‘lmaydi. Bugun non uchun 600 so‘m va o‘tgan safar qaytimga berilgan bir quti gugurtni berdim. Non berishmadi. Janjal qilishga to‘g‘ri keldi. Bizda mayda pul o‘zi qayerga yo‘qolgan?”, — deb yozdi Facebook foydalanuvchisi Vladimir.
“Men ham magazinda pul o‘rniga o‘tgan safar o‘zlari bergan gugurt va saqichni berdim. Mega jinniga qaragandek qarashdi, non ham berishmadi. Nima sizlarga mumkin-u bizga mumkin emasmi? Menga ham kerak emas sizlarning gugurtu saqichlaringiz”, — deb yozadi Milana ismli yana bir foydalanuvchi.
“Magazin oziq-ovqat mahsulotini (konfet yoki saqichni) qaytarib olishga haqqi yo‘q. Kim biladi, balkim siz uning ichiga tupurib qaytarayotgandirsiz”, — deb yozadi Feruza Yulduzga javoban.
“Men esa, mayda nonni faqat plastikka sotib olaman. Nafaqaxo‘r qo‘shnim ham mayda xarajatlar uchun pensiyasining bir qismini ataylab plastikka o‘tkazib oladi”, — deb yozadi Yelena ismli yana bir foydaolanuvchi.
“Kartochka bilan nonga pul to‘laydiganlarga “xalq dushmani”ga qaragandek qarashadi. Taajub”, — deb yozadi Lola.
“Men bir safar 600 so‘mga ikkinchi safar 700 so‘mga non sotib olaman. Agar har doim bitta magazinda savdo qilsangiz, shunday qilib muammoni hal qilsa bo‘ladi. Sotuvchilar meni yaxshi taniydi”,- deb yozadi Valentina ismli foydalanuvchi.
“Lukoshko” nomli magazinda 50 so‘m o‘rniga kupon berishadi, keyin uni yana orqaga qaytarib olishadi”, deb yozadi Yuliya.
“Menga aptekada qaytimiga har doim sitramon berishadi. Uyda sitramon bir vagon bo‘ldi. Hech kimga kerakmasmi?”, — deb hazillashadi boshqa bir foydalanuvchi.
“Tushunaman bu arzimagan pul, lekin har doim mana shu mayda chuydalardan qancha pul sraflanadi. Nondan 50 so‘m, avtobusdan 100 so‘m, boshqa joydan qaytim bermasa bir kunda 1000 so‘mgacha borishi mumkin bunday yo‘qotishlar. Agar kishi qo‘shimcha daromadi yo‘q, har bir so‘mi hisob-kitobli bo‘lgan nafaqaxo‘r bo‘lsa-chi?”, deb yozadi Valentina ismli ayol.
“Ular bizning qaytimimizga bizga kerak bo‘lmagan mahsulotni majburlab sotishmoqda. Bu sharmandalik. Bunday narsa boshqa hech qaysi mamlakatda yo‘q”, — deb yozadi yana bir foydalanuvchi.
“Bunga bizning o‘zimiz aybdor. Qo‘yib berganmizda”, — deb xulosa qiladi boshqa bir foydalanuvchi.
Qonun bo‘yicha bu — xaridorni majburlab qo‘shimcha mahsulot sotish deyiladi. Do‘kon qaytim berishga majbur. Agar mayda pul bo‘lmasa bankdan buyurtma berib olib kelishga majbur. Banklarda mayda pul har doim bor. Lekin hech kim bunday qilmaydi. Xaridorlarning aksariyati hech narsa demagani uchun, do‘konchilar muammoni o‘z bilganicha, o‘ziga qanday qulay bo‘lsa shunday yo‘l bilan hal qiladi. Bu bilan qonun buzilayotgani, birovning huquqi poymol qilinayotgani bilan hech kimning ishi yo‘q.
Balkim xaridorlar do‘konlarga nisbatan talabchanroq bo‘lishlari kerakdir? Qaytimni pul bilan ber deb turib olish kerakdir? Lekin, ma’lumki o‘zbekiston xalqi janjalkash emas, sabr-toqatli. Xo‘sh, endi chidamli ekan deb, boshiga chiqib olish kerak-mi? Chidamli xalqning ham bir kun sabr kosasi to‘lishi mumkin.
"50 so‘mlik sariq bo‘lishi esimdan ham chiqib ketibdi", — deb yozadi Fayzulla.
Yevropa mamlakatlari, Rossiya umuman rivojlangan mamlakatlarda bo‘lgan o‘zbekistonliklar u yerdagi magazinlar xaridorlarga qaytimini tiyin-tiyinigacha sanab berishining guvohi bo‘lishgan.
Birinchidan, bu xaridorga bo‘lgan hurmat, ikkinchidan, eng oddiy madaniyat belgisidir. Birorvning haqi bir tiyin bo‘lsa ham birovniki. Nahot shuni tushunish qiyin bo‘lsa? Ikkinchidan, 50 so‘m arzimagan pul bo‘lsa, unda xaridorga noni 50 so‘mga arzonroq sotinglar. Hech bo‘lmasa nafaqaxo‘rlarga. Bunday gap hech kimga yoqmaydi.
Qonun buzishning katta kichigi bo‘lmaydi. Qonunning har bir bandi muhim. O‘zini va boshqalarni hurmat qilgan fuqaro, magazin, firma, yoki xususiy tadbirkor qonun talablarini aniq va to‘liq bajarishi shart.
Balkim rivojlanishning keyingi bosqichini mana shunday oddiy narsalardan boshlash kerakdir?
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.