TOShKENT, 12 okt — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisining yuqori palatasi "Qariyalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy zaif toifalariga ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risidagi" qonunni tasdiqladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Bugungi kunga qadar O‘zbekiston qonunchiligida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish haqida qonunda yagona normativ-huquqiy aktlar yo‘q edi.
Yangi qabul qilingan hujjat ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy asoslarini va davlat organlarining vakolatlarini belgilaydi.
“Ushbu qonun Respublikada ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishning yagona tizimini belgilaydi, xususan, ushbu sohada jismoniy va yuridik shaxslarning, jumladan tadbirkorlarning ham qatnashish shaklini belgilaydi”, — dedi majlis davomida Senatning fan, ta’lim, madaniyat va sport qo‘mitasi raisi Zayniddin Nizomxodjayev.
Uning so‘zlariga qaraganda, ushbu qonun tomonidan belgilangan hamkorlik, barcha sohalarda ijtimoiy xizmatlar yetkizib beruvchilarning to‘liq ro‘yxatini tuzishda yordam beradi.