TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Toshkent shahrida yil oxiriga qadar mingga yaqin bankomatlar paydo bo‘ladi, deya xabar qildi Markaziy Bankning Toshkent shahri bo‘yicha Bosh boshqarmasi rahbari Majid Tohirov.
Tohirovning so‘zlariga ko‘ra, bankomatlarning har biri turli qiymatdagi kupuralar bilan to‘ldirilgan bo‘ladi, shu bois, plastikdan naqd pul yechib olishda muammo bo‘lmaydi.
Berilgan xabarga ko‘ra, ayni vaqtda tijorat banklari ta’minotchilar bilan ushbu qurilmalarni xarid qilish bo‘yicha muzokaralar olib borishmoqda.
"Uskunalarni yetkazib berish va o‘rnatish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Avvaliga biz bankomatlarning birinchi partiyasini olib kelamiz va ularni shahar bo‘ylab o‘rnatamiz. Keyin navbat ikkinchi partiyaga… Ish shu tariqa davom etadi. Odamlar naqd pul yechib olishda qulayliklarga ega bo‘lishlari uchun Toshkent shahri bo‘ylab yetarli miqdorda bankomatlar o‘rnatiladi", — dedi mansabdor.