TOSHKENT, 18 apr — Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp seshanba kuni "Amerikanikini xarid qil, amerikaliklarni yolla" nomi bilan mashhur farmonga imzo chekadi. Bu haqda jurnalistlarga Oq uy maʼmuriyatining yuqori martabali amaldori maʼlum qilgan, deb xabar qildi RIA Novosti.
Taʼkidlanishicha, hujjat mamlakat ichida ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish va H-1B vizasi berilishini qayta koʻrib chiqishga moʻljallangan.
"Bu tarixiy voqea va u prezident Tramp qay tarzda oʻz siyosatini oʻzgartirganini taʼkidlaydi. Bu siyosiy landshaftni oʻzgartiradi. Bu respublikachilar partiyasini ishchi sinflarning yanada kengroq namoyish etish uchun dvigatelga aylantiradi", — deb xabar qilgan amerikalik mansabdor.
Hujjatda shuningdek, H-1B vizasi haqida ham toʻxtalib oʻtilgan. Endilikda bu turdagi viza faqatgina yuqori malakali mutaxassislarga berilishi taʼkidlangan. "Xabaringiz bor, H-1B vizasi "lotereya" shaklida berilayotgan edi", — deya izoh bergan Oq uy xodimi.
""Amerikanikini xardi qil, amerikaliklarni yolla" siyosati ishchi oʻrinlarning koʻpayishiga va iqtisodiy oʻsishga hamda oylik maosh koʻtarilishiga olib keladi", — deb hikoya qilgan jurnalistlarga AQSH maʼmuriyati xodimi.
Oʻzbekiston va jahondagi eng soʻnggi yangiliklardan xabardor boʻlishni istasangiz, Sputnik Oʻzbekistonning Telegram-kanaliga obuna boʻling.