Dunyoda

Amerika viza berilishi tartibini murakkablashtirdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka oʻtishNyu-York
Nyu-York - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
17 mart kuni Amerikaning barcha vakolatxonalariga bu borada tegishli farmoyishlar berildi

TOSHKENT, 24 mar — Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati amerika vizasini olishni istovchilar uchun qattiq talablar qoʻyishni buyurdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Dunyoda
Amerika grin-karta lotereyasini bekor qilmoqchi
Buyruqqa muvofiq, agar viza olishni istagan shaxs "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi tomonidan egallab olingan hududlarda boʻlgan boʻlsa, u holda Amerika elchixonasi va konsulligi xodimlari uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarini tekshirishadi.

Bu haqda tegishli farmoyishlar 17 mart kuni Amerikaning barcha vakolatxonalariga tarqatilgan.

"Elchixona xodimlari endilikda AQSH xavfsizligiga tahdid soluvchi "aholi guruhlarini" oʻta puxtalik bilan tekshirishlari lozim. Ammo hujjatda gap qaysi guruhlar haqida borayotganiga aniqlik kiritilmagan", — deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0