"Tahlilnoma"dagi nou-xau o‘zbekistonliklarni hayratlantirdi

© Facebook / Fozil Farhod"Tahlilnoma" ko‘rsatuvi yangicha talqinda
Tahlilnoma ko‘rsatuvi yangicha talqinda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentining 30-mart kungi videoselektor davomida televidenie faoliyatini tanqid qilib, "ura-urachilik zamoni o‘tdi" deb aytgan gapidan so‘ng mahalliy telekanallar, xususan "O‘zbekiston" telekanali xususida tanqidiy fikrlar chop etilgan edi

TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan aytilgan tanqidiy fikrlarni muhokama qilar ekan, internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda o‘tirgan o‘zbekistonliklarning mahalliy televideniyeda "orziqib kutadigan", "sel bo‘lib ko‘radigan" ko‘rsatuvlar yo‘qligidan nolishdi.

Boshlovchi - Sputnik O‘zbekiston
Tele-jurnalistika kamchiligi haqida bir chimdim
Ammo tanqid o‘z mevasini bera boshladi.

Jurnalist Fozil Farhod ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida "Tahlilnoma"dagi o‘zgarishlar xususida fikrlarini quyidagicha yozib qoldirgan:

"16 aprel kuni kech soat 9:00da efirga uzatilgan dasturning yangi formati, ayricha qiyofasi 9-aprel kungi ruscha-o‘zbekcha sonlaridagiday ko‘nglimni ko‘tardi: sahifalash davomida nuqtayi nazar, tahlil va baholash mezonlariga urg‘u berildi.

Yangi boshlovchi, voqealarga yangicha yondoshuv, rasmiy dastur bo‘lishiga qaramasdan "odamga o‘xshab" gapirilgan so‘zlar, yangi iboralar, tanqidiy lavhalar… Ayniqsa: "Rahbar" so‘zini katta, keng va yorug‘ xona, telefonlar qator joylashgan eman stoli va qulay charm kursi tushunchalari bilan tasvirlash vaqtlari ortda qoldi”, kabi tishimizning kavagida asralgan achchiq haq gaplar ancha yillardan beri og‘ziga talqon solib olgan jurnalistikamizda yurakni hayajonga soladigan yaxshi yangilik.

To‘g‘ri, kamchiliklar ham bor, bo‘ldi! Ba’zi zerikarli lavhalar dasturning pozitiv ruhini tushirib yuborganini ham tan olish kerak. Bu singari aybginalar kelasi dasturlar davomida tuzatib borilaveradi.

Teledasturlar studiyasi - Sputnik O‘zbekiston
OAV: Axborot dasturi jonli efirda namoyish etildi
Ishqilib, o‘zgarishlar shu joyda qotib qolmasin! Ijodkorlarga xudo kuch bersin! Dastur shu darajada yuksalsinki, keng auditoriya yakshanba kech soat 7:30, 9:00ni intiqib kutadigan bo‘lsin!

Yana bir xushxabar, dastur rahbarlarning ortiqcha qirtishlashlaridan, senzurasidan holi bo‘ldi: erkin, ijodiy, ko‘tarinki.
Bu haqda siz nima deysiz, aziz tomoshabin?"

Yangilanishlarga munosabat, o‘rinli tanqid va takliflaringiz dastur ijodkorlariga yo‘lchiroq bo‘lsa, ajabmas, deb umid bildirgan Fozil Farhod.

Yangiliklar lentasi
0