Kamilov O‘zbekiston Rossiyada yangi konsulxonalar ochishini ma’lum qildi

© AFP PHOTOO‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov
O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston TIV rahbarining qayd etishicha, xorijda O‘zbekiston fuqarolari soni o‘smoqda. Vazir bergan ma’lumotga ko‘ra, hozirda AQShda yuz mingdan ortiq o‘zbekistonlik bor, Rossiya hududidagi o‘zbekistonliklar soni esa 1 milliondan ortiq

TOShKENT, 17 apr — Sputnik. O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasi hududida bir necha konsulxonalar ochishni rejalashtirgan. Bu haqda O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov Xalqaro press-klubda jurnalistlarning savollariga javob qaytarish chog‘ida aytib o‘tgan, deb xabar qildi "Kun.uz" nashri.

O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning chet davlatlardagi elchixonalari ishi tanqid qilindi
Kamilovning qayd etishicha, xorijda O‘zbekiston fuqarolari soni o‘smoqda. Vazir bergan ma’lumotga ko‘ra, hozirda AQShda yuz mingdan ortiq o‘zbekistonlik bor, Rossiya hududidagi o‘zbekistonliklar soni esa 1 milliondan ortiq.

O‘zbekiston TIV rahbari xorijdagi fuqarolarga konsullik xizmatlari ko‘rsatish borasida muammolar mavjudligini qayd etib o‘tgan. Uning ma’lum qilishicha, hozirda yangi konsulxonalar ochish va yangi mutaxassislarni bu muammolarni bartaraf etishga jalb etish ishlari olib borilmoqda.

Komilov bu masala bo‘yicha Rossiyada alohida muammolar borligini qayd etib, u yerdagi o‘zbekistonliklar konsulxonalargacha minglab kilometrlarni bosib o‘tishiga to‘g‘ri kelayotganini aytib o‘tgan.

Gulsanoy - Sputnik O‘zbekiston
Qo‘lida go‘dak bilan Moskvada nochor qolgan Gulsanoy vatanga qaytapti
Vazir O‘zbekiston Rossiyada yana bir necha konsulxonalar ochishini ma’lum qilgan. U O‘zbekistonning xorijdagi fuqarolariga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratilishini qayd etib o‘tgan.

U tashqi ishlar vazirligining asosiy maqsadi chet eldagi fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish ekanini ham qo‘shimcha qilib o‘tgan.

"Ammo chet elda o‘zbekistonliklar ko‘payib borapti. Odamlarimiz elchixona va konsulxonalarimiz faoliyatidan rozi deya olmaymiz. Biz bu borada ishlayapmiz. Konsullik va ularning xodimlari sonini ko‘paytiramiz. Ularning muloqot madaniyatini oshirib boramiz", degan vazir.

Yangiliklar lentasi
0