TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. 2017-yilning 21-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hay’atining kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilgan O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.
Majlisni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov olib borgan.
Uchrashuvda vazirlik apparati, O‘zbekistonning chet davlatlardagi elchixonalari, xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakolatxonalari, konsullik muassasalari ishiga tanqidiy baho berilgan.
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyalar (qo‘mitalar va kengashlar) faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘grisida”gi qarorini ijro etish choralari belgilandi", — deyiladi TIV axborotida.