Jamiyat

Qoʻlida goʻdak bilan Moskvada nochor qolgan Gulsanoy vatanga qaytyapti

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Asli oʻzbekistonlik boʻlgan Gulsanoy Majidova qoʻlida yosh bolasi bilan Moskvada yolgʻiz qoldi: ayolning koʻzi yorishi bilan, farzandning otasi uni tashlab Sankt-Peterburgga qochib ketgan

TOSHKENT, 11 apr — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Uch oylik goʻdak farzandi bilan Moskvadagi saylgohlarni birida joylashgan vagonchada yashayotgan Gulsanoy (asli ismi Gulshoda) shu haftada vataniga qaytadi. Bugun ayol Sputnik Oʻzbekiston muxbiri yordami bilan Moskvadagi Oʻzbekiston elchixonasida oʻgʻlini Rossiyadan olib chiqib ketish uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlarni rasmiylashtirdi. Endi faqat chipta sotib olish qoldi, xolos.

Jizn v vagonchike: uzbekistanka obratilas za pomoщyu - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Yordamga muhtoj oʻzbekistonlik juvon: tezroq uyga qaytishni istayman
Eslatib oʻtamiz, 22 yashar ayol oʻgʻil farzandni dunyoga keltirgach, farzandining otasi(Gulshoda u bilan sharʼiy nikohda boʻlgan) Sankt-Peterburgga qochib ketgan. Ayol shu tariqa Moskvada qoʻlida goʻdak bilan, buning ustiga turar-joysiz va hatto pulsiz qolgan. U shu vaqtgacha Moskvadagi saylgohlarning birida quruvchilar vagonida yashab kelayotgan edi.

Gulsanoyning boshiga tushgan mushkulliklarga "battar boʻl", deb emas, achinish bilan qaraganlar, ishonuvchanligi oqibatida mana shunday tang ahvolda qolayotgan vatandoshlariga yordam qoʻlini choʻzganlar topildi. Aynan ana shunday insonlar ijtimoiy tarmoqqa Gulsanoyning qismati haqida yozgach, Sputnik Oʻzbekiston muxbirlari ayol yashayotgan vagonchani topib borishga muvaffaq boʻlishgan edi.

Sputnik Oʻzbekiston muxbirlari Gulsanoyga u Rossiyadan farzandi bilan birga chiqib ketishi uchun zarur boʻlgan yoʻl-yoʻriqlarni koʻrsatishdi. Va bugun Moskvadagi Oʻzbekiston elchixonasiga u bilan hamrohlikda borib, ayol hujjatlarni rasmiylashtirgunga qadar, uning oʻgʻliga qarashib turishdi. Elchixona xodimlari (ularga alohida minnatdorchilik bildirish lozim) qisqa fursat ichida ayolga hujjatlarni tayyorlab berishdi.

Bu voqeada javobsiz qolayotgan savollar koʻp. Ammo "Erkaklarga oʻzi nima boʻlyapti?", "Nega keyingi paytlarda ayollar orasida bunday hodisalar koʻp takrorlanyapti?", degan savollar juda koʻp berildi…

Kimdir Gulsanoyning qismatiga achinish bilan qaradi, kimdir miyigʻida kuldi…

Ayollarning huquqiy savodsizligi natijasimi bu? Yoki ota-onadan, ular bergan taʼlim-tarbiyadan izlash kerakmi aybni? Bu savollarga, biz afsuski, javob bera olmaymiz.

Gulsanoyga hamda u qatori xorijga pul topish uchun intilayotgan ayol-qizlarga faqat bitta oʻtinchim bor: opa-singillarim, oʻzingizni eplab yurishingizga ishonsangizgina, chet elga safarga chiqing.

Moskva koʻz yoshlarga ishonmaydi!

Yangiliklar lentasi
0