O‘zbekistonda militsiya yangi forma kiyadi

© Ilya VarlamovMilitsiya xodimi
Militsiya xodimi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ichki ishlar organlari tizimini tubdan isloh qilish kompleks chora-tadbirlar dasturida xalqaro standartlar asosida, fuqarolar ongida ichki ishlar organlari haqida ijobiy imij shakllantirish maqsadida militsiya xodimlarining maxsus liboslari, atributkalari va farqlovchi belgilarini qayta ko‘rib chiqish ko‘zda tutilgan

TOShKENT, 17 apr — Sputnik. 10 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilingan edi.

Ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul qilish haqida
Farmon ichki ishlar organlari tizimida tub islohotlarning yangi bosqichini boshlab berishi, uning ijrosini ta’minlash, qonun ustuvorligiga erishish, huquqbuzarliklar profilaktikasini o‘z vaqtida amalga oshirish, huquq-tartibot va jamoat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilishi, pirovard natijada esa fuqarolar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish borasida ichki ishlar organlari butun tizimi va har bir xodim faoliyati samaradorligi oshishi ko‘zda tutilgan.

Farmon tizimda qator tashkiliy o‘zgartishlar qilishni ham nazarda tutadi.

O‘zbek militsiyasining kechasi va buguni
Farmonda qayd etilgan asosiy vazifalarni bajarish bo‘yicha zarur tashkiliy va huquqiy mexanizmlarni amalga oshirish maqsadida Ichki ishlar organlari tizimini tubdan isloh qilish kompleks chora-tadbirlar  dasturi tasdiqlangan.

Bu dasturga ko‘ra, xalqaro standartlar asosida, fuqarolar ongida ichki ishlar organlari haqida ijobiy imij shakllantirish maqsadida militsiya xodimlarining maxsus liboslari, atributkalari va farqlovchi belgilarini qayta ko‘rib chiqish ko‘zda tutilgan.

Bunday o‘zgarishlarni joriy qilish maqsadida O‘zbekiston prezidentining maxsus qarori ishlab chiqiladi. Tegishli qaror loyihasi 2018-yilning 1-iyuliga qadar tayyor bo‘lishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0