TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlardan Rossiyaga kirib kelayotgan migrantlarga aeroportlarda, davlatga tegishli obyektlarning qurilish ishlarida, oliygohlarda, maktablarda va bolalar bog‘chalarida mehnat qilish ta’qiqlanishi mumkin.
Parlament a’zosi "Rossiya federatsiyasida chet el fuqarolarining huquqiy maqomi" va "Terrorizmga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonunlarga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha to‘plamni ishlab chiqqan. O‘zgartishlar Rossiyaga kelayotgan MDH mamlakatlari fuqarolari uchun mamlakatga kirib kelish, ishlash va yashash sharoitlarini murakkablashtirishga qaratilgan.
Ta’kidlanishicha, qonunchilik loyihasi Federal kengash, Tergov qo‘mitasi, Federal Xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuraturaga yo‘naltirilishi kutilmoqda.
Hujjatda MDH davlatlaridan kirib kelgan mehnat migrantlari ishlashi to‘liq ta’qiqlanishi kerak bo‘lgan sohalar birma-bir sanab o‘tilgan. Ular orasida — oliygohlar, maktablar, bolalar bog‘chalari, transport xavfsizligi sohalari, mudofaa majmualari obyektlarining qurilishi va ulardan foydalanish hamda boshqa strategik obyektlar sanab o‘tilgan. Ta’qiq kiritilishi lozim bo‘lgan sohalar Hukumat tomonidan belgilanishi taklif qilingan.
Anoxin, shuningdek, barcha migrantlardan chegarada qo‘l izlari olinishi kerak, degan taklifni ham kiritgan.
Rossiyadagi o‘zbek diasporasi vakillari deputat Anoxinning ushbu tashabbusi mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarga sovuqlik tushiradi, degan fikrni bildirishmoqda.