Migrantlar endi Rossiyaga "speszakaz" bo‘yicha boradimi?

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishMigrantlar
Migrantlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni kunda Moskva shahar migratsiya markazi o‘zbekistonlik mehnat migrantlari Rossiyaga maxsus buyurtma orqali borishlari haqida xabar tarqatdi. Xabarga ko‘ra, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida fuqarolarni vaqtinchalik ishga tashkiliy yollash bo‘yicha maxsus bitim kuchga kirgan

TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Endilikda O‘zbekistondan Rossiyaga yo‘l oladigan ishchilar Rossiyada qayerda ishlashlari haqidagina emas, balki qancha maosh olishlari va hatto qayerda yashashlari haqida ham oldindan ma’lumotga ega bo‘lishadi, deb xabar qilingan Moskva migratsiya markazining Feysbukdagi sahifasida.

Podpisanie dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va O‘zbekiston mehnat migratsiyasi bo‘yicha kelishuv imzoladi
Xabarda aytilishicha, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida fuqarolarni vaqtinchalik ishga tashkiliy yollash bo‘yicha maxsus bitim kuchga kirgan. Hujjatda Rossiyada ishlash istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari qay tartibda tanlab olinishlaridan tortib, markazlashgan mehnat migratsiyasini tashkillashtirish bo‘yicha ikki mamlakat vazirlik va idoralari vazifalari belgilab berilgan. Bu mehnat muhojirlarini Rossiyada firibgarlar qo‘liga tushib qolishdan yoxud qullikka sotilishdan himoyalaydi, deyilgan xabarda.

Yangi xalqaro bitimga muvofiq, Rossiyaga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun e’lon qilingan tanlovda 18 yoshdan katta fuqarolar qatnashish huquqiga ega. Shuningdek, hozirda amalda bo‘lgan barcha qonun-qoidalar o‘z kuchini saqlab qolishi aytilmoqda. Ya’ni Rossiyaga ishlashga kelayotgan migrant tegishli tartibda patent rasmiylashtirishi lozim.

Ishga yollash bo‘yicha tashkiliy masala O‘zbekiston Mehnat vazirligi qoshidagi agentlik tomonidan boshqarilishi aytilmoqda. 

O‘zbekiston IIV zimmasiga esa Rossiyaga ishga yuboriladigan har bir fuqaroni tekshirish vazifasi yuklatilgan. Vazirlik fuqaro xalqaro yoki davlat miqyosida qidiruvda bo‘lgan-bo‘lmaganini tekshirishi aytilmoqda.

Rossiya hududida mehnat migrantlari Mehnat va ijtimoiy muhofaza vazirligi tomonidan nazorat qilinadi.

Vazirlik rossiyalik ish beruvchilardan bo‘sh ish o‘rinlari, ish xarakteri, maosh, ishchilardan talab etiladigan malaka(ko‘nikma)lar haqida ma’lumotlarni to‘plab boradi. Va bu ma’lumotlarning barchasi O‘zbekistondagi hamkorlarga jo‘natiladi. Hamkorlar o‘z navbatida, ushbu vakansiyalarga mos ishchilarni qidirish bilan shug‘ullanadilar.

Hujjatda, shuningdek, O‘zbekistondan mehnat muhojirlarini ishga taklif qilayotgan ish beruvchilarga hamn alohida yondashilgan. Rossiyalik ish beruvchilar, O‘zbekistondan mehnat muhojirlarini ishga taklif qilgudek bo‘lsa, tashrif buyuruvchilar uchun yotoqjoylar hozirlashi shartligi ko‘rsatilgan. Bunday yotoq-joylar Rossiyadagi sanitariya-gigiyena normalariga muvofiq bo‘lishi shartligi ko‘rsatib o‘tilgan. Migrantlarga to‘lanadigan ish haqi miqdori esa eng kam ish haqi miqdoridan kam bo‘lmasligi lozimligi aytib o‘tilgan.

Shuningdek, ish beruvchi ishga taklif qilayotgan migrant uchun tibbiy sug‘urtani ham o‘z zimmasiga olishi lozimligi qayd etilgan. Hujjatga ko‘ra, endilikda ishlab chiqarish jarayonida migrant sog‘lig‘iga shikast yetadigan yoki u vafot etadigan taqdirda ish beruvchi migrant jasadini vataniga yetkazilishi uchun ketadigan harajatlarni o‘z zimmasidan qoplab berishi kerak bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0