FSB rahbari: Terrorchilarning asosiy qismi mehnat migrantlari qatorida kelgan

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishRossiya FSB direktori Aleksandr Bortnikov
Rossiya FSB direktori Aleksandr Bortnikov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
FSb rahbari aytishiga qaraganda migrantlar orasida IShID tomonidan terrorchilarni yollash faoliyati keng yo‘lga qo‘yilgan va Rossiyada bir necha teraktlar uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rgan.

TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Federal xavfsizlik xizmati (FSB) rahbari Aleksandr Bortnikov Antiterror qo‘mita majlisda Rossiyaga kirib kelayotgan terrorchilarning asosiy qismi mehnat migrantlari orasida ekanligini ta’kidladi.

“Bizning ixtiyorimizda bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, terrorchi guruhlarning asosiy qismini mehnat migrantlari qatorida kirib kelayotgan MDH fuqarolari tashkil qilmoqda”, — dedi  Aleksandr Bortnikov.

FSb rahbari aytishiga qaraganda migrantlar orasida terrorchilarni yollash faoliyati keng yo‘lga qo‘yilgan. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, IShID tarafdorlari Rossiyada bir necha teraktlar uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rgan.  

Bortnikov, shuningdek, Rossiya chegaralarida va kirish-chiqishni nazorat qilish punktlarida qo‘shimcha xavfsizlik choralari kerakligini ta’kidladi.

FSB rahbari migratsiya sohasida ishlayotgan amaldorlarning va migrantlar mehnatidan foydalanayotgan biznes vakillarining javobgarligini oshiruvchi choralar qabul qilishga chaqirdi.

Yangiliklar lentasi
0