Farg‘onada veteranlarga navbatsiz mashina xarid qilish sertifikatlari topshirildi

© Muslimbek To‘lanovSuratda 1925-yilda tug‘ilgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Anvar Hakimov
Suratda 1925-yilda tug‘ilgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Anvar Hakimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Farg‘ona viloyatida bugungi kunda istiqomat qilayotgan 160 nafarga yaqin Ikkinchi jahon urushining qatnashchisi va front orti mehnat faxriylariga imtiyozli sertifikatlar tantanali ravishda topshirilmoqda

TOShKENT, 14 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 4-apreldagi "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi farmoni hamda "Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori keksa avlod vakillariga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tiborning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.

Mirziyoyev qaroriga asosan har bir veteranga 2 mln so‘mdan pul mukofoti topshiriladi
Bu yilgi bayram "Qahramonlik, burch va fidoyilik" hamda "Ajdodlarni xotirlash — muqaddas qadriyat" shiorlari ostida umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanayotganida chuqur ma’no mujassam.

Zero, Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan ota-bobolarimiz jang maydonlarida bemisl jasorat ko‘rsatib, Vatanimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi yo‘lida jonlarini qurbon qilgan. Front ortida mehnat qilganlar fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan. Ularning Vatanimiz va xalqimiz oldidagi burchni muqaddas bilgani bugungi avlod uchun ham namuna bo‘lib, g‘oyat og‘ir sharoitlarda ko‘rsatgan matonati hamisha e’zozga munosib.

Makka shahridagi ziyoratchilar - Sputnik O‘zbekiston
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari haj safariga imtiyozli ravishda borishadi
Prezidentning "Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorlari bilan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarini rag‘batlantirish maqsadida "GM Uzbekistan" AJ tomonidan ishlab chiqariladigan yengil avtomobillarni bir martalik navbatsiz shartnomaviy buyurtma berish orqali xarid qilish hamda xarid qilingan avtomobillarga birinchi va ikkinchi texnik ixzmatni bepul ko‘rsatish bo‘yicha muddatli imtiyozlar berish belgilangan.

Farg‘ona viloyatida bugungi kunda istiqomat qilayotgan 160 nafarga yaqin Ikkinchi jahon urushining qatnashchisi va front orti mehnat faxriylariga imtiyozli sertifikatlar tantanali ravishda topshirilmoqda.

© Muslimbek To‘lanovSuratda 1925-yilda tug‘ilgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Anvar Hakimov
Suratda 1925-yilda tug‘ilgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Anvar Hakimov - Sputnik O‘zbekiston
Suratda 1925-yilda tug‘ilgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Anvar Hakimov

Xuddi shunday marosim Marg‘ilon shahrida o‘tkazildi. Unda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga imtiyozli sertifikat va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Shohidbek ASLONOV

Yangiliklar lentasi
0