O‘zbek-qirg‘iz chegarasida noxush hodisa yuz berdi

© AP Photo / Anvar IlyasovUzbekskiy pogranichnik
Uzbekskiy pogranichnik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Qizilqiyoq-Bo‘zadir" tranzit avtoyo‘lida, O‘zbekiston chegarachilari xizmat vazifasini o‘tayotgan nazorat posti yaqiniga Botken chegara otradining "Bo‘z-Adir" chegara zastavasi boshlig‘i mast holda boshqarayotgan AUDI mashinasi kelib to‘xtaydi

TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini qo‘riqlash qo‘mitasi o‘zbek-qirg‘iz chegarasi yaqinida yuz bergan hodisa ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaradosh hududlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtiradi

MXX DChQQ matbuot xizmatining xabar berishicha, 11-aprel kuni soat 19:00 atrofida Farg‘ona viloyatining So‘x tumani orqali o‘tgan "Qizilqiyoq-Bo‘zadir" tranzit avtoyo‘lida, O‘zbekiston chegarachilari xizmat vazifasini o‘tayotgan nazorat posti yaqiniga AUDI mashinasi kelib to‘xtaydi. Uni Botken chegara otradining "Bo‘z-Adir" chegara zastavasi boshlig‘i, katta leytenant E.Asqarbekov mast holda boshqarayotgan bo‘lgan.

"U qo‘pol tarzda va haqoratlar bilan O‘zbekiston harbiy xizmatchilaridan ushbu hududni tark etishlarini nohaq ravishda talab qiladi. Chegara xizmatchilari Asqarbekovga uning bu talabi noo‘rinligini tushuntirishga va vaziyatni murakkablashtirmaslikka urinishadi. Biroq Asqarbekov O‘zbekiston MXX chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisini mahkam ushlab o‘zi bilan Qirg‘iziston hududiga olib o‘tishga urinadi", — deb xabar qildi matbuot xizmati.

Havoga ogohlantiruvchi o‘q otilganidan so‘ng vaziyat yumshatildi. Qirg‘iziston Respublikasi bilan ahil qo‘shnichilik munosabatlari inobatga olinib, yuqorida tilga olingan harbiy hibsga olinmadi va o‘z hududiga qaytib o‘tib ketdi.

O‘zbek chegarachilari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston chegarachilari yanvarda 137 chegarabuzarni qo‘lga olishdi

O‘sha kunning o‘zida Botken chegara otradi vakillari bilan tashkillashtirilgan uchrashuvda qirg‘iz tomoni Asqarbekovning harakatlari noqonuniy ekanligini tan olmadi va uni har tomonlama oqlashga harakat qildi. Bundan tashqari, o‘zbek kuch tuzilmalarining ma’lumotlariga qaraganda, qirg‘iz tomoni Asqarbekovning alkogolli ichimlik iste’mol qilganligi yuzasidan ekspertiza o‘tkazishdan bosh tortdi.

"O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini qo‘riqlash qo‘mitasi qirg‘izistonlik hamkasblarini qo‘l ostidagi xizmatchilarining harakatlarini xolisona baholashga va bundan keyin bunday ig‘vogarlik harakatlariga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiradi", — deya bayonot berdi MXX DChQQ matbuot xizmati.

Yangiliklar lentasi
0