O‘zbekiston chegarachilari yanvarda 137 chegarabuzarni qo‘lga olishdi

© Slujba natsionalnoy bezopasnosti Respubliki UzbekistanO‘zbek chegarachilari
O‘zbek chegarachilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eng ko‘p qoidabuzarlar Qozog‘iston va Qirg‘iziston chegarasida ushlandi

TOShKENT, 17 fev — Sputnik. O‘zbekiston chegara qo‘shinlari 2017-yilning yanvar oyi davomida 137 nafar chegarabuzarni qo‘lga olishdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi vakili ma’lum qildi.

Jinoyatchi - Sputnik O‘zbekiston
Chegaradan yarim sentner giyohvand modda olib o‘tayotgan afg‘onistonlik ushlandi

Eng ko‘p qoidabuzarlar Qozog‘iston (70 kishi) va Qirg‘iziston (54 kishi) chegarasida ushlandi. Shuningdek, Tojikiston (olti kishi), Turkmaniston (besh kishi) va Afg‘oniston (ikki kishi) bilan chegaralarni buzib o‘tishga bo‘lgan urinishlarning oldi olindi.

"Respublika davlat chegarasida yanvar oyida vaziyat barqaror bo‘ldi. Chegarachilar bu davr mobaynida umumiy miqdori 534 million so‘mlik tovar-moddiy boyliklarni olib o‘tishga bo‘lgan 50 urinishning oldini oldilar. Bu holatlarning barchasi Qirg‘iziston bilan chegara hududida sodir bo‘lgan. Tovarlarning aksariyat qismini umumiy qiymati 185 million so‘mlikdan ortiq maishiy texnika va elektronika buyumlari tashkil etadi", — dedi MXX Davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi vakili.

Bundan tashqari, uning aytishicha, 12-yanvar kuni chegara qo‘shinlari harbiylari Afg‘onistondan 5,5 kilogramm narkotik olib kirilishining oldini olishgan.

Yangiliklar lentasi
0