TOShKENT, 5 apr — Sputnik. KXDR hatto arzimas tajovuzkorlikka yo‘l qo‘yilgan taqdirda ham, AQShning nafaqat Janubiy Koreya, balki Qo‘shma Shtatlari hududidagi qo‘shinlarini ham qo‘shib "kulini ko‘kka sovurish" bilan tahdid qilmoqda.
Ushbu axborot KXDR tomonidan raketa sinovlari o‘tkazilgani haqida tarqalgan xabarlar bilan bir vaqtning o‘zida paydo bo‘lganligi aytilmoqda.
"Bizning pozitsiyamiz shundan iboratki, agar AQSh salgina joyidan qimirlasa ham shu zahotiyoq, hech qanday ikkilanishlarsiz dushman hujumini qaytarish maqsadida nafaqat Janubiy Koreyadagi, balki asosiy hududdagi tajovuzkor qo‘shinlar kukunga aylantiriladi", — deb ta’kidlangan nashrda.
Nashr KXDR tomonidan o‘zini himoyalash maqsadida beriladigan zarba va alohida strategiya "tamomila adolatli" bo‘lishini ta’kidlagan.