O‘zbekistonda yana kadrlar o‘zgarishi: Mirziyoyev amaldorlardan qattiq norozi

© Press-slujba prezidenta RUzO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qaysi tuman yoki shaharda hokim ishdan olinadigan bo‘lsa, "to‘rtlik"ning barcha vakillari — hokim, prokuror, militsiya boshlig‘i, DSI boshlig‘i ishdan ketadi. Bu jamoaviy javobgarlik hisoblanadi

TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Kuni kecha, ya’ni 11-aprel kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi, deb xabar qildi "Kun.uz" nashri.

Ta’kidlanishicha, videoselektor o‘ta tanqidiy ruhda o‘tgan. Unda dunyo iqtisodiyotidagi beqaror vaziyat xususida so‘z yuritilgan.

O‘zbekistonda yoppasiga kadrlar almashuvi ro‘y bermoqda
"Shuning uchun jonni jabborga berib ishlanmasa, ertaga kech bo‘ladi", degan prezident.

Majlisda deyarli barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi rahbarlari ogohlantirish olgan, ba’zi amaldorlar ishdan bo‘shatilgan.

Ma’lum qilinishicha, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi D.Hidoyatov qo‘mita va uning hududiy bo‘limlari faoliyatidagi qoniqarsiz natijalar tufayli, shuningdek, u Vazirlar Mahakamasining 2017-yil 14-yanvardagi yig‘ilishida berilgan topshiriqlarni bajarishda yo‘l qo‘ygan sustkashligi uchun lavozimdan olingan.

Majlis davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining Nazorat bo‘limi boshqaruvchisi G‘aybullayev F.X lavozimidan ozod qilingan. 

O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B.X. Abdusamatovga hayfsan berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi Zokirov B.I va uning birinchi o‘rinbosari To‘xtayev A.R hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Rustam Sobirovich Qosimov ham hayfsan olgan.

Buxoro shahri va tumanlaridagi hokim o‘rinbosarlariga yangi avtomashinalar topshirildi - Sputnik O‘zbekiston
Buxoro bo‘yicha hokim o‘rinbosarlariga yangi "Neksiya"lar topshirildi
Shuningdek, Qo‘qon shahar hokimi Abdullayev Akramjon Anorqulovich lavozimidan ozod etilgan. Undan tashqari, shahar prokurori, soliq boshlig‘i va ichki ishlar boshlig‘i ishdan olingan.

Qayd etish kerakki, 30-mart kuni o‘tkazilgan videoselektorda ham Toshkent shahrining Yunusobod tumani rahbariyati shu shaklda ishdan olingandi.

O‘zbekistonda endilikda muayan hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun faqatgina hokimning o‘zi javob bermayapti. Qaysi tuman yoki shaharda hokim ishdan olinadigan bo‘lsa, "to‘rtlik"ning barcha vakillari — hokim, prokuror, militsiya boshlig‘i, DSI boshlig‘i ishdan ketadi. Bu jamoaviy javobgarlik hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0