TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Buxoro shahri va tumanlari hokimlari o‘rinbosarlariga xizmat avtomashinalari topshirildi, deb xabar qildi Buxoro hokimligi matbuot-xizmati.
"Yaqinda Buxoro viloyatidagi shahar va tumanlar hokimlarining o‘rinbosarlariga xizmat avtomashinalari topshirilishiga bag‘ishlangan marosimda viloyat hokimi O‘. Barnoyev Prezidentimizning ushbu e’tibor va g‘amxo‘rligi mazkur rahbarlarning yanada ma’suliyat bilan faoliyat yuritishlariga undashini ta’kidladi", — deyiladi xabarda.
Xabarda ta’kidlanishicha, viloyatdagi barcha shaharlar va tumanlar hokimlarining o‘rinbosarlariga yangi rusumdagi "Neksiya" avtomashinalari topshirilgan.