O‘zbekistonda yoppasiga kadrlar almashuvi ro‘y bermoqda

Obuna bo‘lish
Rustam Azimov Moliya vaziri lavozimidan ozod etildi, Respublika ayollar kengashiga ham yangi rahbar tayinlandi. Shu va boshqa o‘zgarishlar haqida xabarlarni e’tiboringizga taqdim etamiz

TOShKENT, 15 dek — Sputnik. O‘zbekistonda kadrlar almashuvi davom etmoqda. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Oliy Majlisining qo‘shma majlisida Bosh vazir lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini taklif qilgan edi.

Deputatlar va senatorlar orasida o‘tkazilgan ovoz berish natijalariga ko‘ra, Aripov ushbu lavozimga tasdiqlandi.

15 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Rustam Azimov o‘z lavozimidan ketgani xabar qilindi.

Azimovning o‘rniga 2011-yilning 1-noyabridan Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan Botir Xodjayev Moliya vaziri lavozimini egalladi.

© «Uzbekiston temir yullari”O‘zbekiston temir yo‘llari rahbari Achilbay Ramatov Bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi
Predsedatel pravleniya kompanii Achilbay Ramatov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston temir yo‘llari rahbari Achilbay Ramatov Bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi

Yaqinga qadar O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimini egallab kelgan Elmira Basitxanova 2016-yilning 12-dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori etib tayinlandi.

Rustam Azimov - Sputnik O‘zbekiston
Rustam Azimov o‘z lavozimini tark etdi
15-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi hamda Bosh vazir o‘rinbosari lavozimini O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi, pedagogika fanlari nomzodi Narbayeva Tanzila Kamalovna egalladi.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ rahbari Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.

Rasmiy manbaning "Darakchi" nashriga ma’lum qilishicha, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari etib "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ raisi Ramatov Achilbay Jumaniyazovich tayinlangan. Ramatov, shuningdek, o‘z kompaniyasida raislik faoliyatini davom ettirishi ma’lum qilinmoqda.

Shuningdek, Toshkent viloyatiga yangi hokim tayinlandi. Viloyat hokimi lavozimiga Bobayev Shukrullo Habibullayevich nomzodi ko‘rib chiqilgan va viloyat kengashi deputatlari qo‘llab-quvvatlashi bilan bir ovozdan ma’qullangan.

Yangiliklar lentasi
0