O‘zbekistonda xorij diplomlari imtihonsiz tan olinadigan bo‘ldi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishVruchenie diplomov s otlichiyem vipusknikam MGU im. M.V.Lomonosova
Vruchenie diplomov s otlichiyem vipusknikam MGU im. M.V.Lomonosova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) amalga oshiriladigan bo‘ldi

TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Xorijiy davlatlarning oliy o‘quv yurtlarini bitirganlar o‘z diplomlarini ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) nostrifikatsiyalash imkoniga ega bo‘ldilar.

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda LEX.UZ portali.

Prosmotr matcha Yevro-2016 Fransiya - Islandiya v Reykyavike - Sputnik O‘zbekiston
Uylanmagan talabalar uchun Fransiyada o‘qishga tanlov e’lon qilindi

Hujjatga muvofiq, xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash quyidagi hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) amalga oshiriladi:

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, Prezident hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qaror, farmoyish va bayonnomalari asosida xorijiy davlatlarda ta’lim olgan;

Prezident hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan O‘zbekiston hududida faoliyat yuritishiga ruxsat etilgan xorijiy davlatlarning OTMlarida ta’lim olgan;

mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun xorijiy davlatlar tomonidan ajratilgan kvotalar (grantlar)ga muvofiq tasarrufida OTMlar bo‘lgan vazirlik va idoralarning yo‘llanmalari asosida ta’lim olgan;

Uzbekskie studenti v posolstve RUz v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik talabalar soni oshishidan xursand bo‘lamiz - Tatariston prezidenti

xalqaro tan olingan tashkilotlarning OTMlari reytingida birinchi 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda DTMning qo‘shma qarori bilan har yili ro‘yxati tasdiqlanadigan OTMlarda ta’lim olgan bitiruvchilarning ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlari.

Xorijiy davlatlarning umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarini tan olish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasida tashkil etiladigan komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.

Xorijiy davlatlarning to‘liq o‘rta (to‘liqsiz o‘rta, o‘rta) ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarini tan olish Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalarida tashkil etiladigan komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0