O‘zbekistonlik talabalar soni oshishidan xursand bo‘lamiz - Tatariston prezidenti

© SputnikUzbekskie studenti v posolstve RUz v Moskve
Uzbekskie studenti v posolstve RUz v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tatariston rahbarining fikricha, sport va turizm sohasida hamkorlikni kengaytirish uchun yaxshi imkoniyatlar mavjud

TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov respublikada o‘zbekistonlik talabalar soni oshishidan xursand bo‘lishini bildirdi. U bu haqda Qozon Kremlida Samarqand viloyati hokimi Himmat Oqbo‘tayev bilan uchrashuv chog‘ida aytdi.

Eslatib o‘tamiz, hokim boshchiligidagi Samarqand viloyati delegatsiyasi Tataristonga rasmiy safari chog‘ida "Alabuga" maxsus iqtisodiy zonasi, Innopolis innovatsion IT shaharchasi hamda "Kamaz" zavodi ishlab chiqarish maydoni bilan tanishdi.

Svetovoe shou na Spasskoy bashne Kazanskogo Kremlya - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyati hokimi Tatariston prezidenti bilan uchrashadi

Mehmonlarni kutib olar ekan, Rustam Minnixanov o‘zbek delegatsiyasining mazkur tashrifi Tatariston va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirishiga ishonch bildirdi.

Rustam Minnixanovning aytishicha, o‘tgan yili Tatariston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 50 mln dollardan oshgan, lekin ushbu miqdorni ko‘plab yo‘nalishlarda yanada oshirish imkoniyati mavjud.

"Bugungi hamkorligimiz darajasi mavjud imkoniyatlarimizga mos emas, ayniqsa, iqtisodiyot sohasida", — dedi u.

U Tataristonning O‘zbekiston bilan madaniyat va ta’lim borasidagi hamkorligi rivojlanayotganini ta’kidladi.

"Tatariston oliy ta’lim muassasalarida O‘zbekistondan 2 ming nafar talaba tahsil oladi va biz ularning soni oshishidan xursand bo‘lamiz", — dedi Rustam Minnixanov.

Tatariston rahbarining fikricha, sport va turizm sohasida hamkorlikni kengaytirish uchun yaxshi imkoniyatlar mavjud.

Plodoovoshnaya yarmarka v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya hududlararo hamkorlik o‘rnatadi

O‘z navbatida Samarqand viloyati hokimi Himmat Oqbo‘tayev tataristonlik mutaxassislarni va respublika prezidentini O‘zbekistonga taklif etdi.

Tatariston O‘zbekistonga rezina, uskunalar, plastmassa, transport vositalari, kimyo va farmatsevtika mahsulotlari, yog‘och, oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qiladi.

O‘zbekistondan Tataristonga esa asosan kiyim-kechak, tekstil va qishloq xo‘jalik mahsulotlari keltiriladi.

Tatariston O‘zbekistonga "Kamaz" zavodi mahsulotlari, kompressor va muzlatish texnikasini eksport qilish, mashinasozlik, tibbiyot va sog‘liqni saqlash sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga qiziqmoqda.

Yangiliklar lentasi
0