TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Fransiya elchixonasi va Parijda joylashgan Fransuz tili instituti o‘zbekistonlik talabalarga Labcitoyen konkursida ishtirok etishni taklif qildi.
Tanlovda franzuz tilida gapira oladigan, 20-26 yoshli talabalar ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun ular 15-martda bo‘lib o‘tadigan Frankofoniya konkursida “Shaharda inson huquqlari” mavzusida insho yozishilari kerak. Insho natijalarga ko‘ra, besh nafar talaba tanlab olinadi. Ikkinchi bosqichda talabalar og‘izaki suhbatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi. Unda g‘olib chiqqan talaba 2-10 iyul kunlari Fransiyaga sayohatga yo‘l oladi.
Ikkinchi konkurs “Fransiyada bir oy” deb nomlanadi. Ushbu konkurs Lions club de France — Fransuz tili xalqaro markazi bilan birgalikda o‘tkazilmoqda. Unda 18-25 yoshli, franzuz tilida gapira oladigan, uylanmagan talabalar ishtirok etishlari mumkin.
Ushbu tanlovning birinchi bosqichi insho va ikkinchi bosqichi suhbat asosida bo‘lib o‘tadi. Tanlovda g‘olib chiqqan talaba Fransiyaga bir oy davomida bo‘lishadi. Bir oyning uch haftasida ular o‘quv markazlari yotoqxonasida, bir hafta fransuz oilasi bilan birga yashaydi. Konkurs shartlariga ko‘ra talabalar aviachiptalarni o‘z hisobidan sotib olishi kerak.
Uchinchi konkurs “Men fransuz tilida gapiraman” de nomlanadi. Unda maktab, litsey-kollej, oliygoh talabalari hamda o‘qituvchilar va ijodiy jamoalar ham ishtirok etishlari mumkin. Ushbu konkursda ishtirokchilar yoshi cheklanmagan.
Qatnashchilar uzoqligi 3 minutgacha bo‘lgan videorolik tayyorlab, unda bugungi kunda bir yoki bir necha chet tilida gaplashishning yutuqlari haqida hikoya qilib berishlari kerak.
Videolavhalar fransuz, o‘zbek yoki rus tilida suratga olingan bo‘lishi mumkin. Eng yaxshi ishlar mualliflariga maxsus sovg‘alar topshiriladi.