Zangiota va Yangiyo‘l tumanlarida aholi bilan ochiq muloqot tashkil etildi

© Facebook.comPriyem grajdan
Priyem grajdan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati mas’ul xodimlari, sud, prokuratura, vazirliklar, bank, tegishli qo‘mita, boshqarma va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi

TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Bugun O‘zbekiston Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati, O‘zbekiston Prezidentining Toshkent viloyati va tumanidagi Xalq qabulxonalari tomonidan Zangiota va Yangiyo‘l tumanlari aholisi uchun sayyor qabul tashkil etildi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi Xalq bilan muloqot guruhi xabar bermoqda.

Sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati mas’ul xodimlari, sud, prokuratura, vazirliklar, bank, tegishli qo‘mita, boshqarma va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti virtual qabulxonasi paydo bo‘ldi

Tahlil natijalariga ko‘ra, joriy yilning 7-aprel kuniga qadar Prezident Virtual qabulxonasiga Zangiota tumani bo‘yicha 14 983 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 14 580 tasi jismoniy shaxslar, 403 tasi yuridik shaxslarga tegishli.

Ushbu murojaatlar sohalar bo‘yicha o‘rganilganda eng ko‘p murojaatlar uy-joy olish va uy-joy qurish uchun yer ajratish, joylarda uy-joylarning ta’mirga muhtojligi (2 483 ta, 16,6%), tabiiy gaz ta’minoti masalasi (1 361 ta, 9,0%) hamda moddiy yordam, ish haqi, pensiya ta’minoti va bolalar nafaqasini olish masalalari bo‘yicha (1 058 ta, 7,0%) tushganligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, obodonlashtirish va kommunal xo‘jaligi masalalari, shu jumladan yo‘llarni ta’mirlash masalalari bo‘yicha 834 ta (5,6%), sudlarda jinoyat ishlari, fuqarolik ishlari, xo‘jalik sudlarida ishlar ko‘rilishi bo‘yicha 703 ta (4,7%) va sud qarorlarining ijro etilishi masalalari bo‘yicha 662 ta (4,4%) murojaat tushgan.

© Facebook.comSayyor qabul
Priyem grajdan - Sputnik O‘zbekiston
Sayyor qabul

Yangiyo‘l tumani bo‘yicha murojaatlar soni jami 5 768 tani tashkil qiladi. Shundan 5 491 tasi jismoniy shaxslardan, 277 tasi yuridik shaxslardan kelib tushgan.

Ushbu tumandan tushgan murojaatlarning aksariyatini uy-joy olish va uy-joy qurish uchun yer ajratish, joylarda uy-joylarning ta’mirga muhtojligi (856 ta, 14,8%), fuqarolikni qabul qilish va fuqarolikdan chiqish, pasport olish va propiskaga o‘tish masalalari bo‘yicha (480 ta, 8,3%), moddiy yordam, ish haqi, pensiya ta’minoti hamda bolalar nafaqasini olish masalalari bo‘yicha (475 ta, 8,2%) murojaatlar tashkil qiladi.

Mehnat va bandlik masalasi, shu jumladan ishga joylashish va ishga tiklanish masalalari bo‘yicha 407 ta murojaat (7,1%) kelib tushgan.

Hujjatlar - Sputnik O‘zbekiston
Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

Qolgan murojaatlar esa sud qarorlarining ijro etilishi masalalari (399 ta, 6,9%), sudlarda jinoyat ishlari, fuqarolik ishlari, xo‘jalik sudlarida ishlar ko‘rilishi (306 ta, 5,3%), bank-moliya masalalari (271 ta, 4,7%) va tabiiy gaz ta’minoti (244 ta, 4,2%) hamda elektr ta’minoti masalasi, shu jumladan elektr energiyasini o‘chirilishi va asossiz qarzdorlik hisoblanishi (148 ta, 2,6%) bilan bog‘liq.

Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan yo‘llangan 100 dan ziyod murojaatlar tahlil qilinib, ularning yuzaga kelish sabablari o‘rganildi.

Sayyor qabul jarayonida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolar yuzasidan bevosita tegishli sohalarga mas’ul bo‘lgan rahbarlarga murojaat qilish va ular yuzasidan javob olish imkoniga ega bo‘ldi.

Murojaatlarning aksariyat qismi joyida yechimini topdi, qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha mutasaddi idora va tashkilotlar vakillariga topshiriqlar berildi.

Guruh sahifasida ma’lum qilinishicha, 9-aprel kuni soat 10:00da Quyichirchiq, Chinoz, Oqqo‘rg‘on tumanlari aholisi uchun Quyichirchiq hokimiyatida sayyor qabul bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0