TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Sizda hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga 3 xil usulda: qo‘ng‘iroq qilish, murojaat yuborish yoki O‘zLiDep hududiy partiya tashkilotlariga tashrif buyurish orqali yuborishingiz mumkin.
Bosh vazir virtual qabulxonasi PM.gov.uz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga aylantirildi.
"PM.gov.uz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga aylantirildi ("PM" — "Prezidentga murojaat"). Hozirgi vaqtda ushbu portalning 3 oylik ishlash tajribasidan kelib chiqib murojaatlarni ko‘rib chiqishni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli Prezident qarorlari loyihalari tayyorlanmoqda", — deyilgan xabar matnida.
Portalda yozilishicha virtual qabulxona ayni vaqtda test rejimida ishlamoqda.