TOShKENT, 7 apr — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin bilan uzoq muloqot o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
"Xitoy prezidenti va uning nihoyatda iqtidorli rafiqasi — Xitoyda katta nom qozongan buyuk qo‘shiqchini qabul qilish katta sharaf. Sizlarni Qo‘shma shtatlarda qabul qilish sharafdir", — deb aytgan Tramp Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohida kechki tushlikdan oldin Si Szinpinga murojaat qilar ekan.
Tramp matbuotga hozircha muzokaralar yakuni bo‘yicha hech qanday fikr bildirolmasligini aytgan.
"Biz uzoq muzokara o‘tkazdik. Hozircha sizlarga hech narsa deyolmayman. Hech narsa. Ammo biz do‘stlikka poydevor qo‘ydik. Men buni sezapman. O‘ylashimcha, istiqboldagi munosabatlarimiz uzoq muddatli va juda yaxshi kechadi, men kelajakka katta to‘lqinlanish bilan qarayapman", — deb ta’kidlagan Amerika yetakchisi.
Sinxua nashri xabariga ko‘ra, AQSh prezidenti XXR Raisi Si Szinpinning Xitoyga tashrif uyushtirish haqidagi taklifini qabul qilgan.
Nashr xabariga ko‘ra, XXR Raisi shuningdek, muzokaralar davomida Trampni investitsiyalar, infratuzilmalar qurilishi va energetika sohasida Xitoy-Amerika hamkorligini rivojlantirishga chaqirgan.