Xitoyning eng boy odami Tramp bilan uchrashdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishAlibaba Group direktori Djek Yun Ma
Alibaba Group direktori Djek Yun Ma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoyning eng boy odami, Alibaba asoschisi va direktori Jek Ma Tramp bilan uchrashib AQShda bir million ishchi o‘rinlari tashkil qilish masalasini muhokama qildi.

TOShKENT, 10 yanv —Sputnik. Dunyoda eng yirik bo‘lgan onlayn savdo maydoni — Alibaba direktori Jek Ma AQShning yangi prezidenti Donald  Tramp bilan uchrashib, AQSh kichik biznesini Xitoy bozorlariga taklif qilish masalasini muhokama qildi.

Amerikalik milliarder Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp prezident bo‘lsa, Xitoy bilan "orani ochiq" qilishga so‘z berdi

Jek Maning so‘zlariga qaraganda, uchrashuvda asosan AQShning O‘rta G‘arb hududida kichik biznesni rivojlantirish haqida ketgan. U yerdagi kichik ishlab chiqaruvchilar, fermerlar, kiyim tikuvchi sexlar Alibaba orqali to‘g‘ri Xitoy bozoriga kirib kelishlari mumkin. Buning uchun Alibabada Tmall platformasi, virtual magazin va to‘lov tizimi kabi barcha kerakli resurslar yaratilgan.  

Bugungi kunda ushbu savdo maydonchasidan 7 mingga yaqin amerika brendlari ishtirok etmoqda. Ular orasida Costco va Levi's kabi mashhurlari ham bor. O‘tgan yilda Alibaba savdo maydonida ishlayotgan amerika kompaniyalari oboroti 15 milliard $ ni tashkil qildi. Alibaba savdo maydonchasi umumiy oboroti 300 milliard $ dan ortiq.

“AQShga nisbatan bizning strategiya oddiy va tushunarli. Biz AQSh tadbirkorlari, brendlari hamda kichik va katta korxonalariga Xitoyning o‘sib borayotgan iste’molchilar bozorida savdo qilishga yordam bermoqchimiz”, — degan edi Jek Ma  2015 yilda.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yilning dekabr oyida AQSh Savdo vakolatxonasi (vazirligi) Alibabaga tegishli bo‘lgan TaoBao savdo maydonini – qalbaki brend mahsulotlari savdosi uchun o‘zining “qora ro‘yxati”ga kiritib qo‘ygan edi. Shuning uchun ham Jek Maning uchrashuvi ayni kerakli vaqtda sodir bo‘ldi, desak adashmaymiz.

Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi Alibabaga o‘xshash milliy onlayn savdo maydoni yaratishni rejalashtirgan. Hozircha Rossiyada ushbu muhim rolga uch nomzod bor: "Yandeks.Market", "Yulmart" va Wikimart.

Yangiliklar lentasi
0