TOShKENT, 1 mar — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp "yangi do‘stlar" izlashga tayyorligini e’lon qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.
"Amerika yangi do‘stlar topishga va umumiy manfaatlarimiz mos tushgan joyda yangi hamkorliklar yaratishga tayyor", — deb bayonot qilgan Tramp o‘zining kongressga murojaatida.
"Biz o‘z davlatimiz ekstremistlar panoh topadigan manzilga aylanishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz", — deb ta’kidlagan Amerika rahbari. U shuningdek, Vashington musulmon olamidagi ittifoqdoshlar bilan "Islom davlati" terrorchilik uyushmasiga qarshi kurashda hamkorlik qilishga tayyorligini qo‘shimcha qilgan.
Kongressga murojaat qilar ekan, Tramp NATOni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini aytgan, ammo ittifoqdoshlardan o‘z moliyaviy majburiyatlarini bajarishlarini talab qilgan.
AQSh yana o‘z ortidan boshqa mamlakatlarni ergashtirishga tayyor, degan Amerika prezidenti.
Tramp kongressmenlarga "jahon xalqlari — ular xoh do‘st, xoh g‘anim bo‘lishidan qat’i nazar — Amerika kuchli, Amerika faxrlanishini va Amerika ozodligiga guvoh bo‘ladilar", deya va’da bergan.