Metroning Sergeli yo‘nalishi qachon foydalanishga topshirilishi aytildi

© Sputnik UzbekistanToshkentda yangi metro stansiyasi qurilishi
Toshkentda yangi metro stansiyasi qurilishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Loyihaga ko‘ra, Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishi 6 bekatdan iborat bo‘lib, undan 3 tasi shu yilning o‘zida bitiriladi

TOShKENT, 7 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining 2016-yildagi Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishini hamda Yunusobod yo‘lining 2-bosqichini qurish to‘g‘risidagi qarorlariga muvofiq bugungi kunda ulkan hajmdagi bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur hujjatlarga ko‘ra uzunligi 7,1 kilometr bo‘lgan metroning Sergeli yo‘nalishi 2017-2020 yillar mobaynida qurib foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan, deb xabar qildi "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ matbuot-xizmati.

© Sputnik / / StringerEskiz stansii na novoy linii metro v Tashkente
Eskiz stansii na novoy linii metro v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Eskiz stansii na novoy linii metro v Tashkente

Ta’kidlanishicha, "Ko‘prik qurilish tresti" unitar korxonasining yuqori tajriba ega mutaxassislari tomonidan zamonaviy texnikalar yordamida ish jarayonlari sifatli va belgilangan reja asosida amalga oshirilmoqda. Qurilish obyektiga zarur bo‘lgan temir-beton hamda boshqa mahsulotlar o‘z vaqtida yetkazib berilayapti.

Eskiz stansii na novoy linii metro v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: Sergelidagi metro loyihasi O‘zbekistonda yagona
Loyihaga ko‘ra, Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishi 6 bekatdan iborat bo‘lib, undan 3 tasi shu yilning o‘zida bitiriladi. “Yengil metro” tizimi yer ustidan estakadalar orqali o‘tadi. Shu bois 2017-yilning yakuniga qadar loyihaning 2,5 kilometr estakada qismini barpo etish rejalashtirilgan. Bugungi kunga qadar 30 dan ortiq tayanch ustuni oralig‘ida poydevor qazish va betonlash ishlari yakunlanmoqda. Shuningdek, obyektda 5000 kub metr tuproq va 2100 kub metrdan ziyod beton olish ishlari bajarildi.

Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishining 2-bosqichini barpo etish ishlari ham qizg‘in davom etmoqda. Mazkur yo‘lning uzunligi 2,7 kilometr bo‘lib, 2 ta bekatdan iborat bo‘ladi.

Bugungi kunga qadar loyiha doirasida jami 135 ming kubmetr tuproq ishlari, 220 kubmetr betonlash ishlari bajarildi. Hozirda mavjud 2 ta shaxta va tunnellarda modernizatsiya jarayoni amalga oshirilayapti.

Metro qurilishi - Sputnik O‘zbekiston
Sergelidagi metro qurilishiga 170 mln $dan ortiq mablag‘ ajratiladi
Shuni alohida ta’kidlash joizki, 2001-yilning avgust oyida Toshkent shahrining aholisi zich joylashgan mavzelaridan biri bo‘lgan Yunusobod tumanida uzunligi 7,6 kilometr bo‘lgan metropolitenning 6 ta bekatidan iborat yo‘lning birinchi bosqichi ishga tushirilgan edi.

Hozirgi kunga kelib, Toshkent metropolitenida 3 ta yo‘nalishda 29 ta stansiya mavjud bo‘lib, ularning uzunligi 39 kilometrga yetgan. Yangi bunyod etilayotgan Sergeli va Yunusobod yo‘nalishidagi qurilish ishlari tugatilib, foydalanishga topshirilsa, mavjud stansiyalar soni 37 taga, metropolitenning umumiy uzunligi esa 48,8 kilometrni tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0