O‘zbekistonda "Taslim bo‘lma, Siroj" aksiyasi o‘tkazilmoqda

© Twitter / Federatsiya futbola UzbekistanaStadion "Paxatkor" v Tashkente
Stadion Paxatkor v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqandning "Dinamo" klubida to‘p surgan Sirojiddin Sayfiyev rak kasalligiga chalingan

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekistonda rak xastaligiga duchor bo‘lgan futbolchi Sirojiddin Sayfiyevga yordam berish maqsadida "Taslim bo‘lma, Siroj" aksiyasi o‘tkazilmoqda. Bu haqda iff.uz sayti xabar berdi.

Sirojiddin Sayfiyev Samarqandning "Dinamo" klubida to‘p surgan bo‘lib, bir necha mavsum jamoa sardori sifatida maydonga tushgan.

Sayfiyev futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng bu dardga chalingan. Uning ilk alomatlari 2015-yilda ko‘zga tashlangan.

Rabota vrachey vrachey-neyroxirurgov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda rak kasalliklarini aniqlash va davolash sohasi yanada kuchaytiriladi

Yaqinlari yordamida kerakli muolajani olgach, o‘pkasidagi o‘simtaning yarmi yo‘q qilingan va kasallikning rivojlanishi vaqtincha to‘xtatilgan. Ammo 2016-yilda uning boshida qattiq og‘riq qo‘zg‘algan va kasallik uning bosh qismiga o‘tgani tekshiruvlar natijasida ma’lum bo‘ldi. Davolanish jarayoniga ko‘p miqdorda mablag‘ ketdi, bu borada unga "Qizilqum" futbolchisi Erkin Boydullayev yaqindan yordam berdi.

Siroj Moskvada 3 — 4-aprel kunlari ikki marotaba kuchli kimoviy amaliyotni o‘z boshidan o‘tkazdi.

© championat.asiaO‘zbekistonda "Taslim bo‘lma, Siroj" aksiyasi o‘tkazilmoqda
Aksiya v podderjku futbolista Sirojiddina Sayfiyeva - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda "Taslim bo‘lma, Siroj" aksiyasi o‘tkazilmoqda

Shifokorlarning aytishlaricha, uning boshidagi 6 o‘simtadan 3tasini qisqartirishga erishishgan. Qolgan uchtasi esa hozircha kichik holatda rivojlanmoqda. Bu kabi tashxis bilan kelgan bemorning hayoti uning organizmini dard bilan kurasha olishiga bog‘liqligi aytildi.

O‘zbekistondagi qator sport saytlari va futbol klublari #taslimbo‘lmasiroj aksiyasi doirasida futbolchiga yordam ko‘rsatishni maqsad qilib qo‘ydi.
"Lokomotiv", "Olmaliq", "So‘g‘diyona", "Nasaf", "Dinamo", "Buxoro", "Obod", "JFL Tashkent" jamoalari aksiyada ishtirok etishlarini ma’lum qilgan.

Shuningdek, Qatardan Temurxo‘ja Abduxoliqov va Sanjar Shoahmedov ham loyihada ishtirok etishlarini bildirgan.

Shifokorlar ish ustida - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyalik olimlar saraton shishini 90% ga yuq qilish usulini topishdi

"Gap bir inson hayotini saqlab qolish ustida ketmoqda. Barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib Sirojiddin Sayfiyevga chin dildan yordam beraylik", deyiladi saytdagi xabarda.

Aksiyadan xabar topgan Farg‘onaning "Neftchi" klubi ham unga o‘ylab o‘tirmay qo‘shiladigan bo‘ldi. Shuningdek, "Qo‘qon-1912" klubi ham Sirojiddin Sayfiyevga yordam berish aksiyasida ishtirok etadigan bo‘ldi. Oliy liganing 5-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" — "Dinamo" uchrashuvida futbolchini qo‘llab-quvvatlovchi aksiya bo‘lib o‘tadi.

aleziya.com sayti 1 oylik daromadini Sirojiddin uchun atashini ta’kidlab o‘tdi.

"Dinamo" safida birga to‘p tepkan Ja’far Irismetov va Zayniddin Tojiyev u jarohat olib yotgan payti ham yolg‘izlatib qo‘ymagan edilar. Boshlangan aksiyada ham ular faol bo‘lishlarini aytdilar va qo‘ldan kelgan barcha yordamlarini ayamaydilar.

"Dinamo"da Sayfiyevga ustozlik qilgan Azamat Abduraimov faxriylar o‘rtasida tadbir o‘tkazish taklifi bilan chiqdi.

Yangiliklar lentasi
0