Rossiyalik olimlar saraton shishini 90% ga yuq qilish usulini topishdi

© Sputnik / Maksim Grigoryev / Mediabankka o‘tishShifokorlar ish ustida
Shifokorlar ish ustida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir necha laboratoriya sichqonlariga payvandlangan inson saraton hujayralariga V2 vitamini va nanozarrachalar kiritilib ular maxsus lazer yordamida nurlantirildi. 50 kun davomida saraton hujayralari o‘sishi to‘xtatildi va ularning hajmi 90% ga kamaydi.

TOShKENT, 12 okt – Sputnik. Rossiya va chet ellik olimlar saraton (rak) hujayralarini yo‘q qilishning yangi uslubini o‘ylab topishdi. Olimlar saratonga chalingan hujayra ichiga nano zarrachalar va V2 vitaminini kiritib, keyin lazer bilan nurlantirishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Scientific Reports jurnaliga asosan.

“Hozircha tajribalar odam saratoni hujayralari payvandlangan laboratoriya sichqonlarida o‘tkazilmoqda. Ularga bir karra nanozarrachalar kiritilishi, saraton hujayralari o‘sishini 90% ga kamaytirdi”, — dedi Rossiya FA Kristallografiya va fotonika markazi olimi Yevgeniy Xaydukov.

Rossiya, Fransiya va Avstraliya olimlari riboflavin va V2 vitamini yordamida saraton hujayralarini yo‘q qiluvchi maxsus nanozarrachalar yaratishdi.

Saraton hujayralarining ko‘p turlari allaqanday sabablarga ko‘ra V2 vitaminini ko‘p miqdorda iste’mol qiladi. Shundan kelib chiqqan holda, olimlar riboflavin molekulalaridan saraton hujayralarini tarqalishini oldini olish va ularni yo‘q qilish uslubini o‘ylab topishdi.

Moskvadagi Rogachev nomidagi bolalar onkologiya markazi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda rak kasalidan o‘lish holatlari 13 %ga kamaydi

V2 vitamini hujayralari ko‘k rangli va ultrafiolet nurlarini yutib, o‘zidan vodorod peroksidi va atomli kisloroda ishlab chiqariladi. Ushbu moddalar kuchli ishqor bo‘lib ular saraton hujayralarini yo‘q qiladi.

Ushbu uslubda faqat bir muammo bor edi – ultrafiolet nuri inson terisi orqali o‘tishi juda murakkab bo‘lib, u insonning sog‘lom hujayralariga ham jiddiy zarar yetikizishi tufayli uni ishlatish ma’lum muammolar keltirib chiqarar edi.   

Xaydukov va uning jamoasi ushbu muammoni, maxsus nanozarrachalar va infraqizil nurlarining boshqa to‘lqin uzunligidagi ma’lum turi yordamida hal qilishdi.

Bir necha laboratoriya sichqonlariga payvandlangan inson saraton hujayralariga V2 vitamini va nanozarrachalar kiritilib ular maxsus lazer yordamida nurlantirildi. 50 kun davomida saraton hujayralari o‘sishi to‘xtatildi va ularning hajmi 90% ga kamaydi.

Endi olimlar o‘z tajribalarini davom ettirib, keyingi bosqichga – klinik sinovlarga o‘tishmoqchi.

Yangiliklar lentasi
0