TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Toshkent shahar hokimligi matbuot-xizmatining xabariga ko‘ra, o‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahridagi va tumanlardagi Xalq qabulxonalariga 2334 ta yozma va og‘zaki murojaat kelib tushgan. Fuqarolar bevosita shahar Xalq qabulxonasiga 1699-marta yozma va og‘zaki tarzda murojaat qilishgan.
Bevosita shahar bo‘yicha Xalq qabulxonalariga tushgan yozma murojaatlarning 14 %i yuqori turuvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari vakolatlari doirasiga taalluqli bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi prezidentining virtual qabulxonasiga kiritilgan. Qolgan 86 % murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar Toshkent shahridagi mutasaddi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga ijro uchun jo‘natilgan.
Shuningdek, tuman hokimliklarida, korxona, tashkilot va muassasalarda fuqarolar qabulxonalari tashkil qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasi Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 14-uy manzilida joylashgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahri tumanlarida faoliyat yuritayotgan Xalq qabulxonalari manzillari:
Bektemir tumani — Husayn Boyqaro shoh ko‘chasi, 2-uy.
Mirobod tumani — Nukus ko‘chasi, 18-uy.
Mirzo Ulug‘bek tumani — Qalandar ko‘chasi, 2-uy.
Sergeli tumani — Sergeli 3-dahasi, Obihayot ko‘chasi, 3a-uy.
Olmazor tumani — Talabalar ko‘chasi, 54-uy.
Shayxontohur tumani — To‘raqo‘rg‘on ko‘chasi, 1a-uy.
Chilonzor tumani — Chilonzor 2-mavze, Arnasoy ko‘chasi, 32-uy.
Yunusobod tumani — Osiyo ko‘chasi, 4a-uy.
Yakkasaroy tumani — Shota Rustaveli ko‘chasi, 85-uy.
Yashnobod tumani — Aviasozlar ko‘chasi, 7a-uy.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahridagi va tumanlardagi Xalq qabulxonalari dushanba-juma kunlari soat 9.00 dan 18.00 gacha ishlaydi.