Xalq qabulxonalari bo‘yicha prezident maslahatchisi tayinlandi

Obuna bo‘lish
Mirziyoyev FVV vaziri Xudaybergenovni xalq qabulxonalari faoliyatini nazorat qilish va o‘zaro muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat maslahatisi etib tayinladi.

TOShKENT, 31 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z qarori bilan Tursinxan Xudaybergenovni Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimidan bo‘shatib, xalq qabulxonalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi etib tayinladi.

"Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasida ozod qilinib, jismoniy va yuridik shaxslar murojatlarini nazorat qilish va o‘zaro muvofiqlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Prezidentining Davlat maslahatchisi lavozimiga tayinlansin", — deyilgan prezident qarorida.

Xudaybergenov Tursinxan 2010-yildan beri FV vaziri lavozimida ishlab kelayotgan edi. Bundan oldin Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan. Shuningdek Xudaybergenov nazorat qilish va huquqni saqlash organlari faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston prezidentining davlat maslahatchisi lavozimida ham ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftaning chorshanba kuni Mirziyoyev O‘zbekistonning barcha viloyatlarida prezident qabulxonalari ochish haqida qaror imzolagan edi. Bundan maqsad oddiy xalq va davlat rahbarlari orasida to‘g‘ridan to‘g‘ri suhbat o‘rnatish, xukumat boshqaruv organlari faoliyatining samaradorligini oshirishdir. Bosh vazir Aripovga bir oy davomida ushbu qabulxonalar faoliyatini tashkil qilish topshirilgan.

O‘zbekistonda xalq qabulxonasi ochishni dastlab Shavkat Mirziyoyev boshlab bergan edi. Ushbu yilning sentabr oyida ochilgan internet qabulxona o‘zining o‘ta samaraligini namoyish qildi. Ikki oy davomida internet qabulxonaga 218 mingta murojaat kelib tushdi. Ularning aksariyati tez orasda hal qilinidi, qolganlarining hal qilinishi davlat nazorati ostida olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0