TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Leningrad viloyati Qonunchilik kengashi "Ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini huquqiy tartibga solish to‘g‘risida"gi qonun loyihasini ishlab chiqdi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Hujjatga muvofiq, agar servis egasi Rossiya yoxud chet el fuqarosi pasportiga oid ma’lumotlarni tekshirmaydigan bo‘lsa, uni 100 ming rubldan 300 ming rublgacha (taxminan 1700 dollardan 5300 dollargacha, tahr.) jarimaga tortishlari mumkin.
Agar foydalanuvchi ma’lumotlar o‘zgargani haqida xabar qilmasa yoxud qasddan noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etsa, 1 rubldan 3 ming rublgacha jarimaga tortiladi.
Bundan tashqari, 18 yoshga to‘lmaganlarga bolalar uchun ta’qiqlangan ma’lumotlar beriladigan guruhlarga a’zo bo‘lish ta’qiqlanadi. Aks holda, ota-onalarga 2 ming rublgacha jarima belgilanishi mumkin.
Shuningdek, qonun balog‘at yoshiga yetmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar orqali tovarlar sotilishini tartibga solishi aytilmoqda.
Qonunchilik loyihasi tashabbuskorlaridan biri — Leningrad viloyati Qonunchilik kengashi deputati Vladimir Petrovning izoh berishicha, qonun 2018-yilning 1-yanvaridan kuchga kirishi kutilmoqda. Qonun shuningdek, davlat tashkilotlari ishchilariga ish vaqtida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni to‘liq ta’qiqlashni nazarda tutadi.
Ushbu qonunchilik loyihasi, bugun, ya’ni 5-aprel kuni Rossiya Davlat dumasiga kiritilishi aytilgan.