TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida internet kafelarida bo‘lgan o‘quvchi aniqlangan taqdirda, o‘quvchining ota-onasi mazkur holat yuzasidan javobgarlikka tortiladi. Bu haqda 14-mart kuni Toshkent shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Tadbirda ma’lum qilinishicha, o‘quvchi o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida internet-kafelarida bo‘lgani aniqlangan holatda, uning ota-onasi mazkur holat yuzasidan javobgarlikka tortiladi.
O‘quvchining ota-onasi eng kam oylik ish haqining 5 baravaridan 10 baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima to‘lashi belgilangan.
So‘nggi ikki oy davomida o‘tkazilgan reydlar natijasida o‘quv mashg‘ulotlari paytida internet kafelarida bo‘lgan 339 nafar o‘quvchi aniqlangan. Ulardan 112 nafari maktab o‘quvchilari, 227 nafari esa litsey va kollej o‘quvchilaridir.