Olimlar ko‘krak bezi saratonini davolovchi nanosensorlarni yaratishadi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishAmerikalik aktrisa Elizabet Xerli
Amerikalik aktrisa Elizabet Xerli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ko‘krak bezi saratoni iqtisodiy rivojlangan davlatlarda o‘rta yoshli ayollar o‘rtasida asosiy o‘lim sabablaridan biri bo‘lib kelmoqda. Bu kasallik tufayli yiliga 500 mingdan ortiq ayol hayotdan ko‘z yumadi, deyilgan Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti bayonotida.

TOShKENT, 25-may — Sputnik. Rossiya Fanlar Akademiyasi Bioorganik kimyo instituti olimlari ko‘krak bezi saratonini davolash va diagnostika qilish imkonini beruvchi biotibbiy nanosensorlarni yaratish ustida ish olib borishmoqda, deb xabar bermoqda tashkilot matbuot-xizmati.

Moskvadagi Rogachev nomidagi bolalar onkologiya markazi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda rak kasalidan o‘lish holatlari 13 %ga kamaydi

Saraton kasalligi sog‘lom hujayralarning yetilmasdan tezda ko‘payishiga aytiladi. Bunda hujayralar ko‘payib, o‘sma paydo bo‘lishiga olib keladi. Natijada shu sohadagi a’zo faoliyati buziladi. Bu holatning atrof to‘qimalarga tarqalishi kasallikning kuchayishiga sabab bo‘ladi. Bu kasalliklar orasida ko‘krak bezi saratoni ayollarda eng ko‘p tarqalgan xavfli o‘smalardan biri hisoblanadi.

Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, ko‘krak bezi saratoni tufayli dunyo bo‘yicha yiliga 500 mingga yaqin ayol hayotdan ko‘z yummoqda.

Ko‘krak bezi saratoni xastaligini davolash bilan bog‘liq muammolardan biri shundaki, hozirda mavjud diagnostika metodlari kasallikni ilk bosqichda aniqlash imkonini bermaydi. Mammografiya yordamida 12% holatlarda kasallikni erta aniqlash mumkin.

Ko‘krak bezi saratonini — nasliy omil, surunkali ravishda kechadigan ginekologik xastaliklar, bola emizmaslik, sun’iy abortlar, kuchli stress, mastopatiya xastaligining tugunli shakli va radiatsiya singari turli kasalliklar birlashuvi tufayli yuzaga kelishi mumkin.

Rossiya FA BKI olimlari, shuningdek, Fransiya va Germaniyalik olimlar ko‘krak bezi saratonini nanosensorlar yordamida aniqlash va davolashni taklif qilishmoqda.

Olimlarning so‘zlariga qaraganda, nanosensorlar sog‘lom tana va saraton o‘rtasidagi temperatura tafovutiga tayangan holda, kasallangan hujayralarini aniqlab, ularni maxsus molekulalar yordamida "belgilaydi". Keyinchalik ma’lum rangdagi lazer nuri yordamida bu molekulalarni osongina aniqlash mumkin bo‘ladi. Sensor saraton kasaliga chalingan hujayralarni aniqlabgina qolmay, balki, molekula ichiga singdirilgan dori yordamida ularni yo‘q qilishi yoki davolashi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Hozirda olimlar rak hujayralari uchun "marker" bo‘lib xizmat qiladigan yangi ixtironi testdan o‘tkazish ustida ish olib borishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0