Bloxin nomli Rossiya Onkologiya markazi O‘zbekiston bilan hamkorlik qiladi

© Sputnik / Maksim Grigoryev / Mediabankka o‘tishVrachi v feldshersko-akusherskom punkte
Vrachi v feldshersko-akusherskom punkte - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya va o‘zbekistonlik vrachlar rak kasalliklariga qarshi birgalikda kurashadi.

TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi onkologiya ilmiy markazi va N.Bloxin nomidagi Rossiya onkologiya ilmiy markazi o‘rtasida hamkorlikni kengaytirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi, Jahon AA xabariga asosan.

Uchrashuvda Rossiya va O‘zbekiston onkologiya ilmiy markazlari orasida o‘zaro "anglashuv memorandumi" imzolandi. Memorandum doirasida onkologik kasalliklar bilan kurashish bo‘yicha ilmiy, amaliy va uslubiy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qator tadbirlar amalga oshirish rejalashtirilgan.

— O‘zbekiston onkologiya xizmatining ilmiy-amaliy, moddiy-texnik salohiyati jahon andozalari talablariga to‘la javob beradi, — deydi N.Bloxin nomidagi Rossiya onkologiya ilmiy markazi direktori, akademik Mixail Davidov. — Bugungi tadbir o‘zaro munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim qadam bo‘ldi. Ilmiy-amaliy aloqalarni yanada kengaytirish, zamonaviy texnologiyalar yuzasidan tajriba almashish, kadrlar tayyorlash va tibbiy ta’limni takomillashtirishga doir qator loyihalarni rejalashtirganmiz. Bu ishlar tibbiyot rivoji va inson salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Uchrashuvda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari A.Hojiboyev aholiga onkologik yordam ko‘rsatishning zamonaviy tizimi yaratilgani va soha bosqichma-bosqich takomillashtirilayotganini ta’kidladi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Tibbiyot sohasi - tanqiddan bir oy o‘tib

Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning 5-yanvarida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash sohasini jiddiy tanqid ostiga olgan edi. Jumladan, har yili minglab aholi Rossiya va Hindistonga tibbiy davolanish maqsadida borayotgani va millionlab dollar mablag‘ sarflayotgani alohida aytib o‘tilgan va murakkab tibbiy operatsiyalarni O‘zbekistonda o‘tkazish uchun chet ellik mutaxassislarni taklif qilish masalasi qo‘yilgan edi.

Xabarda aytilishiga kshra, O‘zbekistonda oxirgi yillarda aholiga onkologik xizmat ko‘rsatuvchi shifo muassasalarining barchasi bosqichma-bosqich modernizatsiya etilgan. Sirdaryo, Jizzax, Navoiy viloyatlaridagi onkologiya dispanserlari binosi yangidan qurildi. Farg‘ona, Navoiy va Jizzax viloyatlari onkologiya dispanserlarida radiologiya bo‘limlari ochilgan.

Yangiliklar lentasi
0