Mirziyoyev Rossiya bilan harbiy sohada hamkorlik to‘g‘risidagi qonunga imzo chekdi

© Sputnik / Mixail Mokrushin"Pechora-2M" zenit raketa majmuasi
Pechora-2M zenit raketa majmuasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Rossiya shartnoma doirasida harbiy maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlarni, jumladan qurol-yarog‘lar, harbiy texnika, ishlar, xizmatlar, intellektual faoliyat natijalari, ularga bo‘lgan huquqlarni hamda harbiy-texnik sohadagi ma’lumotni yetkazib berishi mumkin

TOShKENT, 3 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Rossiya bilan harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish kelishuvini tasdiqlash to‘g‘risidagi qonunga imzo chekdi.

Bu haqdagi xabar dushanba kuni mahalliy OAVlarida e’lon qilindi.

Rossiya askarining yangi kiyimi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Hukumati O‘zbekiston bilan Harbiy-texnik hamkorlik shartnomasini tasdiqladi
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya Moskvada 2016-yilning 29-noyabr kuni harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish va 2017-yil uchun mudofaa vazirliklari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik Rejasi to‘g‘risida bitim imzolashgandi.

Joriy yilning 28-mart kuni O‘zbekiston Senati ushbu bitimni tasdiqladi.

Shartnoma maqsadi harbiy-texnikaviy sohadagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirishdan iborat.

Tomonlar shartnoma doirasida harbiy maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlarni, jumladan qurol-yarog‘lar, harbiy texnika, ishlar, xizmatlar, intellektual faoliyat natijalari, ularga bo‘lgan huquqlarni hamda harbiy-texnik sohadagi ma’lumotni yetkazib berishi mumkin.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Harbiy sir: Mirziyoyev O‘zbekiston Mudofaa vazirligi rahbariga qanday topshiriq berdi
Shuningdek tomonlar qurol-yarog‘lar hamda harbiy texnikaga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha hamda harbiy-texnik yordamni ko‘rsatish bo‘yicha ishni amalga oshirish niyatidalar.

O‘zbekiston va RF shuningdek harbiy mahsulotlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, ta’mirlash, modernizatsiya qilish va foydalanish bo‘yicha qo‘shma korxona hamda ishlab chiqarishni yaratishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0