Rossiya Hukumati O‘zbekiston bilan Harbiy-texnik hamkorlik shartnomasini tasdiqladi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishRossiya askarining yangi kiyimi
Rossiya askarining yangi kiyimi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shartnoma mamlakatlarga harbiy-texnik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, maslahatlar o‘tkazish va kerak bo‘lganda alohida mutaxassislari yollash imkonini beradi.

TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Rossiya Hukumati mamlakat prezidenti Vladimir Putinga Rossiya va O‘zbekiston orasida harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish haqidagi shartnomani imzolashni taklif qildi, deb xabar qilmoqda huquqiy ma’lumotlar rasmiy portali.

"Rossiya Federatsiyasi Hukumati Mudofaa vazirligi tomonidan taklif qilingan, Rossiya Tashqi Ishlar vazirligi va boshqa taaluqli muassasalar bilan bilan muvofiqlashtirilgan hamda O‘zbekiston bilan oldindan kelishilgan Rossiya va O‘zbekiston Harbiy-texnik hamkorligini rivojlantirish haqidagi shartnoma loyihasini tasdiqlashga qaror qildi… Rossiya Federatsiyasi prezidentiga ushbu shartnomani imzolash taklif qilinsin”, — deyilgan Rossiya Federatsiyasining 2016-yil 18-noyabrida qabul qilingan 1208 sonli qarorida.

Tanki T-14 na gusenichnoy platforme Armata na generalnoy repetitsii voyennogo parada, posvashennogo 71-y godovshine Pobedi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya O‘zbekiston bilan harbiy-texnik hamkorlik shartnomasi imzolaydi

Ushbu shartnoma maqsadi – ikki mamlakat orasida harbiy-texnik sohadagi o‘zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, eng zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika bilan jihozlashni yo‘lga qo‘yish, ilmiy-texnik va sanoat-texnologik hamkorlikni rivojlantirish, harbiy uskunalarni ta’mirlash, zamonaviylashtirishni yo‘lga qo‘yish va mamlakatlar himoya qudratini kuchaytirishdir.

Shartnoma imzolanishi mamlakatlarning taaluqli muassasalari orasida harbiy-texnik sohada  alohida shartnomalar imzolash, maslahatlar o‘tkazish va kerak bo‘lganda alohida mutaxassislari yollash imkonini beradi.  

Shartnomani amalda tadbiq qilish Rossiya Harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha Federal xizmati va O‘zbekiston Mudofaa vazirligi zimmasiga yuklatilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0