TOSHKENT, 30 mar — Sputnik. Odnoklassniki ijtimoiy tarmogʻi internet-doʻkonlar va brendlarning mahsulotlari va xizmatlari namoyish etilgan koʻrgazma maydonchalarini sinovdan oʻtkazmoqda, deb xabar qildi OK matbuot-xizmati.
Koʻrgazmaga guruh maʼmurlari alohida mahsulotlar, hamda tovar va xizmatlar turkumini qoʻshish imkoniyatiga ega boʻladilar. Har bir eʼlon uchun narx, taʼrif va surʼatlar qoʻshish mumkin boʻladi. Shuningdek guruh maʼmuri yangi mahsulotlarni toʻgʻridan toʻgʻri guruh yangliliklar tasmasida namoyish etilishini sozlashi mumkin.

Foydalanuvchilar guruhlarida chop etilgan eʼlonlardan farqli oʻlaroq doʻkonlar mahsulotlari qoʻyilgan eʼlonlar muddatsiz boʻladi. Guruhlarda mahsulotlarni joylashtirish bepul.
Mahsulot yoki xizmatlarga guruh chati orqali, eʼlondagi "Bogʻlanish" tugmasi yoradmida, buyurtma bersa boʻladi. Sotuvchilar buyurtmalarni qabul qilish uchun botlarni sozlashlari va ularni Odnoklassnikining ochiq "API"si orqali xabarlar bilan ishlovchi tizimlarini integratsiya qilishlari mumkin boʻladi. "Bogʻlanish" tugmasiga ega eʼlonni promo-post sifatida Odnoklassniki tasmasida "myTarget" platformasi orqali targʻib qilish imkoniga ega boʻladi. Hozirgi vaqtda mahsulotlar koʻrgazmasi faqat ijtimoiy tarmoqning veb koʻrinishida ishlamoqda. Yaqin vaqtda u mobil qurilmalarda ham mavjud boʻladi.
