Odnoklassniki ijtimoiy tizim orqali mahsulotlar sotuvini yo‘lga qo‘ydi

© press-slujba sotsialnoy setiOdnoklassniki
Odnoklassniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mahsulotlar yoki xizmatlar sotuvi haqidagi postlar bepul joylashtiriladi

TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Odnoklassnikida guruhlar orqali mahsulotlar va xizmatlarni sotish uchun sozlanma paydo bo‘ldi. Mahsulotni ochiq guruhda post ko‘rinishida e’lon joylashtirgan holda sotish mumkin. Mahsulotlarni sotish uchun ishga tushirilgan sozlanma — ijtimoiy tizimning klassifaydlar hududidagi ilk qadamidir, deb xabar qilmoqda sayt matbuot-xizmati.

"OK auditoriyasi bir oyda ijtimoiy tizimdan turli maqsadlarda foydalanuvchi 73 mln. foydalanuvchilardan iborat.

Odnoklassniki tarmog‘i - Sputnik O‘zbekiston
"Odnoklassniki" UZCARD to‘lov tizimi bilan hamkorlik qilmoqda
Bizda anchadan beri mahsulotlar va xizmatlar sotish haqida e’lonlarni joylovchi kichik biznes va mahalliy guruhlar bor. Biz ushbu yo‘nalishni tartib bilan ishlovchi va shaffof qilishga, tizimlashtirishga qaror qildik" — dedi Odnoklassniki loyihasi rahbari Anton Fedchin.

Odnoklassniki kelajakda Mail.Ru Groupning "Yula" tizimi bilan integratsiya imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda va ijtimoiy tizim doirasida ushbu sozlanmani alohida yo‘nalishga aylantirishga yordam beruvchi bir qator yangi sinovlarni rejalashtirmoqdalar.

Mahsulotlar yoki xizmatlar sotuvi haqidagi postlar bepul joylashtiriladi.

Rossiyaning klassifaydlar (e’lonlar) bozori hajmi yiliga 12 mlrd. rublga (Goldman Sachs ma’lumotlari) teng va internetda eng tez o‘sayotgan bozorlardan biridir. Goldman Sachs tahlilchilarining so‘zlariga ko‘ra 2020-yilga kelib bozor hajmi yiliga 47 mlrd. rublga yetadi. Odnoklassnikining ichki ma’lumotlariga ko‘ra ijtimoiy tizimda 30 mingga yaqin mahsulotlar va xizmatlar sotishga ixtisoslashgan guruhlar mavjud. Ijtimoiy tizim bahosiga ko‘ra bir oyda mahsulotlar va xizmatlar sotuvidan 10 mln. odam foydalanadi va ushbu raqamlar yangi sozlanma ishga tushirilishi bilan yanada o‘sadi.

Yangiliklar lentasi
0